JANNATI AYoLLAR UChUN OLTI QOIDA
18.9.2017 11201

Aziz ayollar! Jannatning kalitlaridan biri nima ekanini bilasizmi? Unda sizga ushbu sirni ochamiz. Har bir mo‘mina ayol uchun jannat kaliti bu turmush o‘rtog‘i – erining rizoligidir.

Abdurrahmon ibn Avfdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi. Nabiy alayhissalom bunday deganlar: «Agar ayol kishi besh vaqt namozini o‘qisa, bir oy (ramazon) ro‘zasini tutsa, farjini saqlasa va eriga itoat qilsa, unga: «jannatning qaysi eshigidan xohlasang – kiraver», deyiladi» (Imom Ahmad rivoyati).

E’tibor qilsangiz, bu hadisda erning rizoligi alohida ta’kidlanib, uning ahamiyati naqadar ulug‘ligi aytilmoqda. Unutmaslik kerakki, siz eringizni roziligini topish orqali, o‘zingizni baxtga eltasiz va albatta, Allohning rizoligiga ham erishasiz.

Xo‘sh, oilaning ustuni—erning rizoligiga erishish, yuragini zabt etish uchun qanday amallar mavjud?

1. Hurmat.

Dunyodagi barcha erkak, birinchi galda, o‘z ahli ayolidan hurmat kutadi. Hurmat bu erni tinglash, ma’lum bir halim ohangda suhbatlashish va bahslashishdan qochishdir.

2. Zavqlanish.

Erkaklar uchun ayollarining zavqi juda muhim. Turmush o‘rtog‘ingizni maqtang, zavqlaning. Tashqi ko‘rinishi, aqli, imkoniyatlarini e’tirof eting. U sizning yoningizda o‘zini muhim va alohida shaxs ekanini his qilsin!

3. Minnatdorlik.

Eringizning siz va oilasi uchun qilayotgan barcha ishlarini e’tirof eting. Uning xatolarini eslatmang, xato ekanini boshqacharoq yo‘sinda gapirish uchun fursat kuting! Qadrlashni va minnatdorlik aytishni odat qiling!

4. Muhabbat.

Yoringizga muhabbatingizni tez-tez bildirib turing! Ayollar singari erkaklar uchun ham sevimli ekanini his qilish juda muhimdir.

5. Itoatkorlik.

Alloh o‘z yaratganlari uchun nima ma’qul ekanini yaxshi biladi. Ya’ni U oilaning boshlig‘i qilib Erkakni, itoatkor va zaifa qilib Ayolni bunyod etdi. Aynan shu qoida amalda bo‘lgan oilada tartib, osoyishtalik va baraka bo‘ladi. O‘z eriga itoat etish va bo‘ysunish orqali Ayol kishi Alloh buyurgan chin muslimalik vazifasini bajargan bo‘ladi.

6. Ibodat.

Allohga qancha yaqin bo‘lsangiz, yaqinlaringiz, shu jumladan, eringizning ham sizga nisbatan hurmati, muhabbati ziyoda bo‘lib boradi. Yuzingizga barcha tashqi go‘zalliklardan-da ustun nur kiradi. Ibodatlarda Alloh yo‘lida turmush o‘rtog‘ingizga nisbatan qalbdagi muhabbatning doim yuksak bo‘lishi so‘rab, duo qiling!

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218899
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47190
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45656
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24755
  • 19220
  • 12939
  • 15949