Zarra miqdoridagi narsa ham Robbingizdan chetda qolmaydi!
20.2.2017 8170

    20-asrning birinchi yarmida atom kashf qilinganda, olimlar moddalardagi eng kichik narsa atom bo‘lib, u bo‘laklarga bo‘linmaydi, deb o‘ylaganlar. Lekin Qur’oni Karim borliqda atomdan ham kichikroq narsa borligini bayon qilgan.
     Alloh taolo Saba’ surasida shunday deb marhamat qilgan:

 

لَا يَعْزُبُ عَنْهُ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ فِي السَّمَاوَاتِ وَلَا فِي الْأَرْضِ وَلَا أَصْغَرُ مِنْ ذَلِكَ وَلَا أَكْبَرُ إِلَّا فِي كِتَابٍ مُبِينٍ

 

      “Osmonlar va Yerdagi bir zarra misolicha, undan ham kichik (yoki) katta biror narsa Undan maxfiy bo‘lmas va albatta, (u) aniq Kitobda (Lavhul-mahfuzda) mavjuddir” (3-oyat).
       Alloh taolo Yunus surasida bunday deb marhamat qilgan:

 

وَمَا يَعْزُبُ عَنْ رَبِّكَ مِنْ مِثْقَالِ ذَرَّةٍ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي السَّمَاءِ وَلَا أَصْغَرَ مِنْ ذَلِكَ وَلَا أَكْبَرَ إِلَّا فِي كِتَابٍ مُبِينٍ

 

       “Yerda, xoh osmonda biror zarra miqdorida yoxud undan kichikroq narsa ham Rabbingizdan chetda qolmaydi, balki (u) aniq bitik (Lavhul-mahfuz)da bordir” (61-oyat).
      Ushbu oyatlarda aytilgan zarra – atomdan kichikroq narsa ilmiy jihatdan ham sobit bo‘ldi. Tadqiqotchilar atomning o‘zi ham bir necha bo‘laklarga bo‘linishini kashf qildilar. Shunday qilib, atom proton, elektron va neytronga bo‘linar ekan. Proton musbat elektr zaryadli, elektron manfiy elektr zaryadli, neytron esa, muvozanatlashtiruvchi zaryadli ekan. Bu esa, mavjudotlarning tabiatlari, fe’l-atvorlari orasida qat’iy muvozanat borligiga dalolat qiladi. Zero, musbatning ro‘parasida manfiy bo‘ladi. Xuddi shuningdek, manfiyning ro‘parasida musbat bor. Manfiy va musbat elektr zaryadlari orasida zaryadlarni muvofiqlashtiruvchi, muvozanatlashtiruvchi, boshqaga tortilmaydigan, boshqani ham tormaydigan zaryad bordir.
       Alloh taolo Hijr surasida shunday deb marhamat qilgan:

 

وَأَنْبَتْنَا فِيهَا مِنْ كُلِّ شَيْءٍ مَوْزُونٍ

 

       “...Unda (har yerning o‘ziga) mos turli narsalarni (o‘simlik va mevalarni) undirdik” (19-oyat).

        Ya’ni, Alloh taoloning taqdiri bilan muvozanatini saqlovchi narsalarni. Yana ilmiy jihatdan sobit bo‘ldiki, kimyoviy moddalardan uran va radiyning atomlari avtomatik ravishda parchalanib, o‘zidan ancha kichik bo‘lgan bo‘laklarga bo‘linar va o‘sha bo‘laklardan elektr zaryadlar va uch turdagi nurlanishlar (radiatsiyalar) taralib turar ekan. Birinchisini alfa nurlanish, ikkinchisini beta nurlanish, uchinchisini gamma nurlanish deb ataladi. Har bir nurlanishning o‘ziga xos xususiyatlari, tavsiflari bor bo‘lib, biri ikkinchisidan farq qilar ekan.

Doktor Sayyid Jamiliyning “Al-I’joz al-ilmiy fil Qur’an” (“Qur’ondagi ilmiy e’joz”) nomli kitobidan tarjima qilindi



Muhibbulloh Xudoyberdiyev,
O‘zbekiston musulmonlari idorasining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi vakili, To‘raqo‘rg‘on tumani “Qo‘chqor ota” jome’ masjidi imom xatibi

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217081
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24602
  • 19065
  • 12835
  • 15803