G‘URURNING DAVOSI
12.4.2018 3159

G‘ururga ketishdek og‘ir axloqiy darddan xalos bo‘lishning davosi uch narsa: aql, ilm va ma’rifatdan iborat.

Aql. Aql bandaga Alloh taolo tomonidan berilgan ulkan ne’matdir. Inson aql bilan narsalarning haqiqatini idrok etadi. Oqil kishi zakovat va farosat sohibi bo‘lsa, g‘ururga ketishdan o‘zini tiyishi oson bo‘ladi. Biroq zehni past va befarosat odamlarning bu ishni qilishlari qiyin.

Ma’rifat. Bu maqomdagi ma’rifatdan to‘rt narsa haqidagi ma’rifat hosil qilish ko‘zda tutiladi:

Agar banda o‘zini, Parvardigorini, dunyoni va oxiratni tanib olsa, uning qalbida olamlar Parvardigorining ma’rifati ila Allohning muhabbati, dunyoning ma’rifati bilan unga o‘ta qiziqmaslik, oxiratning ma’rifati bilan unga qiziqish o‘rnashadi.

Bu esa, o‘z navbatida barcha ishlarning Alloh taoloning roziligi va oxiratning manfaati uchun bo‘lishini ta’minlaydi. Misol uchun taom tanovul qiladigan bo‘lsa, bu ish ila oxirat uchun qiladigan ishlar uchun ko‘mak olayotgan bo‘ladi. Shu tariqa uning niyati pok bo‘ladi, undan molu dunyo, mansabparastlik, g‘arazgo‘ylik tufayli paydo bo‘ladigan g‘urur dardi uzoqlashadi. Zotan, dunyo oxiratdan, havoyi nafsi Alloh taoloning roziligidan ustun bo‘lib turganda g‘ururdan qutulish mumkin emas.

Ilm. Bu yerdagi ilmdan murod Alloh taologa erishish yo‘lini, U Zotga qurbat hosil qiladigan, Undan uzoqlashtiradigan narsalarni, mazkur yo‘ldagi ofatlar, to‘siqlarni bilish ilmidir. O‘sha narsalarni bilgan odam yuqorida aytib o‘tilgan g‘ururga ketishdan ehtiyot bo‘ladi. Bularning barchasidan ko‘zlangan asosiy maqsad banda qalbida Alloh taoloning muhabbatidan bo‘lak narsaga joy qolmasligidir[1].

 

 Ustoz Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining “Kamtarlik va kibr” kitobidan

[1] Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Ruhiy tarbiya”, 1-kitob.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217175
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24613
  • 19073
  • 12843
  • 15819