ShUKR QILAYLIK
15.7.2017 4534

Alloh taolo Qur’onda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni «Sizlar uchun – Alloh va oxirat kunidan umidvor bo‘lgan hamda Allohni ko‘p yod qilgan kishilar uchun Allohning payg‘ambarida go‘zal namuna bordir», deb bizlarni habibibmiz sollallohu alayhi vasallamdan namuna olishga targ‘ib qildi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz ummatlariga barcha barcha sohada namuna edilar. Jumladan shukr qilish borasida ham.

A’to ibn Abu Raboh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Bir kuni Oisha roziyallohu anhu onamiz huzurlariga kirib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning eng ajib holatlari haqida gapirib berishlarini so‘radim. Hazrati Oisha roziyallohu anho onamiz yig‘lab yubordilar va bunday so‘z boshladilar:

"Qaysi birini aytib beray, barcha hollari ajoyib edi. Bir kecha yonimga keldilar. Birga yotoqqa kirdik. Badanlarimiz bir-biriga tegib turardi. "Yey Abu Bakrning qizi! Men endi Rabbimga ibodat qilayin", dedilar. Men: "Sizga yaqin bo‘lishni men juda yaxshi ko‘raman", dedim va u Zot o‘rinlaridan turdilar, borib meshdan tahoratga suv oldilar. Tahorat olayotib, ko‘p suv ishlatmadilar. Keyin namozga turdilar. Shu holda yig‘lay boshladilar. Hatto ko‘z yoshlari ko‘kraklariga oqdi. Ruku’ga bordilar, yig‘ladilar. Sajdaga bordilar, yig‘layverdilar. Sajdadan muborak boshlarini ko‘targanlarida ham yig‘layotgan edilar. O‘sha kecha faqat shunday o‘tdi. Bilol roziyallohu anhu kelib namozga azon aytguniga qadar yig‘idan to‘xtamadilar. "Yey Allohning Rasuli! Nega yig‘laysiz? Sizni yig‘latgan nima? Sizning avvalgi va keyingi barcha gunohlaringiz kechirilgan-ku?" deb so‘radim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam menga: "Shukr qiluvchi bandalardan bo‘lmayinmi?  Axir Alloh taolo: "Albatta, osmonlar va Yerning yaralishida hamda kecha bilan kunduzning almashib turishida aql egalari uchun bir (Yaratuvchi va Boshqarib turuvchi Zot borligiga) oyat-alomatlar bordir. Ular turganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar hamda osmonlar va Yerning yaratilishidan tafakkur qilib" Parvardigoro, bu(borliq)ni behuda yaratganing Yo‘q! Sen(behuda biror ish qilish aybidan) Poksan! O‘zing bizni jahannam azobidan asragil!", deydilar”.  (Oli Imron surasi, 190-191-oyatlar mazmuni)oyatlarini nozil qilgan-ku!" dedilar”.

Azizlar qarang barcha gunohlari kechirilgan zot shukr qilish uchun kechalari uxlamasdan, oyoqlari shishib ketguncha namoz o‘qib, yig‘lab, xudoga munojot qilmoqdalar. Bizchi? Biz? Tog‘dek tog‘dek gunohi bo‘la turib xotirjam uxlashimizni qarang! Axir barcha narsada Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni o‘zimizga namuna qilamiz deb, nega endi, dangasalik qilyapmiz?!

Allohim barchalarimizni vaqt qadriga yetib senga ibodat qilish bilan shukr qiluvchi bandalaringdan bo‘lishimizni nasib aylagin. (Omin!)

 

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218700
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98125
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47149
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45576
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24740
  • 19197
  • 12928
  • 15933