OLTI NABAVIY XUShXABAR (taroveh namozining fazli haqida)
6.6.2016 6572

     Taroveh namozini jamoat bilan masjidda ado qilishning fazilatlari ko‘p. Quyida hadislardan kelib chiqib taroveh namozining bir qancha fazilatlarini bayon qilib o‘tamiz:

 

1. Sunnatga amal qilgan bo‘ladi. 

Taroveh namozini masjidda birinchi bo‘lib Payg‘ambarimiz ado etganlar. Demak kim taroveh namozini masjidda jamoat bilan ado qilsa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir sunnatlariga amal qilgan bo‘ladi. sunnatga amal qilishning mukofoti esa u zotning shafoatlariga noil bo‘lishdir. 

 

 

2. Namozni jamoat bilan o‘qiganlik ajrini oladi.
Taroveh namozini ado qilish uchun kelgan namozxon albatta Xufton namozini jamoat bilan o‘qish ajriga ega bo‘ladi. Xufton namozini jamoat bilan ado qilish esa Payg‘ambarimiz aytganlaridek o‘z sohibiga ulkan ajru savoblarni keltiradi.

 

3. Qur’onni eshitgan va xatm qilgan bo‘ladi.
Ma’lumki, yurtimizda muborak Ramazon oyida Allohning marhamati bilan deyarli barcha masjidlarda Qur’on xatm qilinadi. Kim taroveh namozini masjidda muntazam ado qilsa, Qur’onni eshitish va xatm qilish ajriga ega bo‘ladi. Qur’onni eshitishni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yoqtirganlar va ba’zi sahobalardan Qur’on tilovat qilib berishini so‘raganlar. Bu haqda Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda shunday deyilgan:

 

عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ لِي النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «اقْرَأْ عَلَيَّ الْقُرْآنَ». قُلْتُ: آقْرَأُ عَلَيْكَ وَعَلَيْكَ أُنْزِلَ؟ قَالَ: «إِنِّي أُحِبُّ أَنْ أَسْمَعَهُ مِنْ غَيْرِي».

 

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga: "Menga Qur’on o‘qib ber", dedilar. "Sizga men o‘qib beramanmi? O‘zi sizga nozil bo‘lgan bo‘lsa", dedim. U zot: "Men o‘zgadan eshitishni yaxshi ko‘raman", dedilar". Ba’zida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir joydan o‘tib ketayotgan bo‘lsalar sahobalar Qur’on tilovat qilayotganini ko‘rib, to‘xtab uning tilovatini eshitib o‘tirar edilar. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda bu haqda shunday deyilgan:

 

عَنْ أَبِى بُرْدَةَ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ لأَبِى مُوسَى: «لَوْ رَأَيْتَنِى وَأَنَا أَسْتَمِعُ لِقِرَاءَتِكَ الْبَارِحَةَ لَقَدْ أُوتِيتَ مِزْمَارًا مِنْ مَزَامِيرِ آلِ دَاوُدَ».

 

Abu Burda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Musoga: "Kechagi kun sening qiroatingga quloq tutganimni ko‘rganingda edi. Senga haqiqatda Dovud alayhissalom oilalarining xush ovozlaridan berilgan ekan", dedilar. Ushbu hadisning sharhida Navaviy rahmatullohi alayh shunday degan: "Ushbu hadisdan bir necha foyda olish mumkin: Qur’onni eshitish va eshitayotganda tadabbur qilish. Qur’onni tilovat qilishdan ko‘ra eshitish afzal. Chunki Qur’onni o‘qishdan asl maqsad uning oyatlarini tadabbur va tafakkur qilishdir. Tadabbur qilish esa Qur’on o‘qishdan ko‘ra, tilovatini eshitayotganda kuchliroq bo‘ladi".
      Ulamolar Qur’on eshitish afzalmi yoki tilovat qilish afzalmi degan masalada ixtilof qilishdi. Ba’zilar tilovat qilish afzal, chunki bu borada oya va hadislar vorid bo‘lgan, desa, boshqalar: "Tilovat qilishdan ko‘ra eshitish afzal. Chunki odam eshitayotganda yaxshi tadabbur qiladi. Bu holat esa tilovat qilayotgan paytda uncha bilinmaydi", deyishdi. Lekin bu boradagi eng to‘g‘risi ham eshitish, ham tilovat qilish.

 

4. Farishtalar va Allohning rahmati Qur’on xatm qilinayotgan masjidni o‘rab oladi.

 

5. Alloh masjid ahlini O‘z huzuridagilar oldida zikr qiladi.
Bu ikki fazilatni Imom Muslim va Abu Dovud rivoyat qilgan quyidagi hadis bayon qilib beradi:

 

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «وَمَا اجْتَمَعَ قَوْمٌ فِي بَيْتٍ مِنْ بُيُوتِ اللهِ يَتْلُونَ كِتَابَ اللهِ وَيَتَدَارَسُونَهُ بَيْنَهُمْ إِلاَّ نَزَلَتْ عَلَيْهِمُ السَّكِينَةُ وَغَشِيَتْهُمُ الرَّحْمَةُ وَحَفَّتْهُمُ الْمَلاَئِكَةُ وَذَكَرَهُمُ اللهُ فِيمَنْ عِنْدَهُ».

 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir qavm Allohning uylaridan birida jam bo‘lib, Allohning kitobini tilovat qilsa, uni o‘rgansa, albatta, ularning ustiga sakiyna tushadi, ularni rahmat o‘rab oladi, farishtalar qurshab oladi va Alloh O‘z huzuridagilar oldida ularni zikr qiladi", dedilar".

 

6. Tunni ibodat bilan bedor o‘tkazgan kishining ajriga ega bo‘ladi.
Imom Termiziy, Abu Dovud va Imom Nasoiy rahmatullohi alayhim rivoyat qilgan hadisda bu haqda shunday deyilgan:

 

عَنْ أَبِي ذَرٍّ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: صُمْنَا مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَمَضَانَ فَلَمْ يَقُمْ بِنَا شَيْئًا مِنَ الشَّهْرِ حَتَّى بَقِيَ سَبْعٌ فَقَامَ بِنَا حَتَّى ذَهَبَ ثُلُثُ اللَّيْلِ فَلَمَّا كَانَتِ السَّادِسَةُ لَمْ يَقُمْ بِنَا فَلَمَّا كَانَتِ الْخَامِسَةُ قَامَ بِنَا حَتَّى ذَهَبَ شَطْرُ اللَّيْلِ فَقُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ لَوْ نَفَّلْتَنَا قِيَامَ هَذِهِ اللَّيْلَةِ قَالَ فَقَالَ: إِنَّ الرَّجُلَ إِذَا صَلَّى مَعَ اْلإِمَامِ حَتَّى يَنْصَرِفَ حُسِبَ لَهُ قِيَامُ لَيْلَةٍ… 

 

    Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan Ramazon ro‘zasini tutdik. U zot ramazonning oxirgi yetti kuni kirgunicha oy davomida biz bilan qoim bo‘lmadilar. So‘ng esa, biz bilan birga kechaning uchdan biri o‘tguncha qoim bo‘ldilar. Olti kecha qolganda esa, biz bilan qoim bo‘lmadilar. Besh kecha qolganda esa, biz bilan birga kechaning yarmigacha qoim bo‘ldilar. Shunda men: "Ey Allohning Rasuli, bu kecha bizga nafl namoz o‘qitsangiz", dedim. Rasululloh salollohu alayhi vasallam: «Qachon bir odam imom bilan u qaytib ketguncha namoz o‘qisa, o‘sha odamga kechani qoim bo‘lib o‘tkazgan hisoblanadi…", dedilar.

 

Eslatma: Ba’zilar taroveh namozini sakkiz yoki o‘n ikki rakat o‘qib masjiddan chiqib ketadi. Ushbu hadisga ko‘ra kim shunday qilsa ulug‘ ajrdan ya’ni tunni bedor o‘tkazganlik ajridan mosuvo bo‘ladi. Chunki hadisda Imom bilan birga namozni tugatishi, imom ketgunicha unga iqtido qilishi ta’kidlangan. Alloh barchalarimizga ushbu fazilatlarga sazovor bo‘lish baxtini nasib aylasin!

 

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 219039
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98193
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47205
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45705
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24759
  • 19231
  • 12944
  • 15957