OILA— MUQADDAS QO‘RG‘ON
22.10.2017 11393

Ma’lumki, dinimizda muqaddas narsalar bor. Muqaddas deganda qalbda alohida o‘rin tutgan. Inson uni qalbi bilan e’zozlab, amali bilan ulug‘lashi kerak bo‘lgan narsa tushuniladi.

Misol uchun ota-onani hurmat qilishni olaylik.

Bir insonga ota-onasi zulm qildi. Shariat bo‘yicha zulm qilgan odamdan haqqi olib beriladi. Lekin zulm qiluvchi inson ota yoki ona bo‘lsa, unda uning haqqi olib beriladi, degan tushuncha yo‘q.

Bir sahobiy Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, ota-onaga itoat qilish haqida so‘raganda:


وإنْ ظَلَمَا


«Agarchi zulm qilishsa ham, ularga itoat qil», deganlar.

Savol tug‘iladi: Nima uchun boshqa odam zulm qilsa, haqqi olib beriladi-yu, ota-ona zulm qilsa bu tushuncha yo‘qoladi?

Buning javob quyidagicha: Chunki ota-ona dinimizda muqaddas hisoblanadi. Ularga itoat qilish Alloh va Uning Rasuliga itoat qilishdan keyingi o‘rinda turadi. Shuning uchun ularning haqlari boshqa haqlardan farq qiladi.

Bu misolni keltirishimizdan maqsad, oila muqaddasligini tushuntirish uchun edi.

Oila ham dinimizda muqaddas sanalgan narsalardan biridir. Oilaning asoschisi bo‘lgan eru xotin bu muqaddas qo‘rg‘onni asrab-avaylashi kerak. Arzimagan narsani deb, bu muqaddas qo‘rg‘on buzulmaydi.

Misol uchun, xotin yoki er bir xato qilib qo‘ydi. Yoki ikkisidan birini qanaqadir aybi bor. Endi mana shu aybni yoki kamchilikni deb bir oila ajrashib ketishi mumkin emas.

Agar mana shu kamchiliklar boshqa aloqalarda bo‘lsa, u kamchilikni bartaraf etish maqsadida o‘sha aloqani to‘xtatib qo‘ysa bo‘ladi. Misol uchun birov siz bilan sherikchilikda ishlamoqchi edi. U bu sherikchilik asnosida ayb va nuqsonlarga yo‘l qo‘ydi. Endi shariatda o‘sha sherik bilan ishni davom ettirmaslik va shartnomani bekor qilish mumkin.

Ammo oilada kamchilik yoki xatolik o‘tsa, Alloh bu kamchilikni taloq qo‘yish yo‘li bilan emas, isloh yo‘li bilan bartaraf etishga chaqiradi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida shunday degan edilar:


عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم: اسْتَوْصُوا بِالنِّسَاءِ، فَإِنَّ الْمَرْأَةَ خُلِقَتْ مِنْ ضِلَعٍ، وَإِنَّ أَعْوَجَ شَيْءٍ فِي الضِّلَعِ أَعْلَاهُ، فَإِنْ ذَهَبْتَ تُقِيمُهُ كَسَرْتَهُ، وَإِنْ تَرَكْتَهُ لَمْ يَزَلْ أَعْوَجَ، فَاسْتَوْصُوا بِالنِّسَاءِ«

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ayollarga (yaxshi) muomala qilinglar, chunki ayol qovurg‘adan yaratilgandir. Qovurg‘aning eng qiyshiq joyi uning yuqorisidir. Uni to‘g‘rilashga urinsang, sindirib qo‘yasan, agar tashlab qo‘ysang, qiyshiqligicha qolaveradi. Shunday ekan, ayollarga (yaxshi) muomala qilinglar!» dedilar».

Mana, oila muqaddasligiga e’tibor bering. Bu hadisda ayol kishi xato qilishi mumkinligi va erkak kishi o‘sha xatoga ko‘nib yashash kerakligi aytilmoqda.

Nimaga? Chunki bu qo‘rg‘on muqaddas. Bu qo‘rg‘onda inson ba’zi haqlaridan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.
Alloh taolo muqaddas oilaning xonimasi tomonidan kamchilik yoki xato sodir bo‘lganda, er kishini uni yomon ko‘rmaslikka aksincha unga quyidagicha yondoshishga chaqirgan:


وَعَاشِرُوهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ فَإِنْ كَرِهْتُمُوهُنَّ فَعَسَى أَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَيَجْعَلَ اللَّهُ فِيهِ خَيْرًا كَثِيرًا [النساء : 19]

«Ular bilan totuv turmush kechiringiz. Agar ularni yomon ko‘rsalaringiz, (bilib qo‘yingki,) balkim sizlar yomon ko‘rgan narsada Alloh (sizlar uchun) ko‘pgina yaxshilik paydo qilishi mumkin».

Nima uchun? Chunki oila muqaddas.
Shunday ekan har birimiz oilamizni muqaddas bilib, unga xiyonat qilmaslikka va arzimagan xatolarni deb muqaddas qo‘rg‘onni buzmaslikka harakat qilaylik.

 

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217329
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24624
  • 19084
  • 12848
  • 15827