Nega Ramazonda gunoh qilamiz?
6.6.2016 5504

     Bandalariga ikki dunyo saodatini ko‘zlab, ro‘zani Islomning farz ibodatlari qatoriga qo‘shgan Alloh taboraka va taologa hamdu sanolar bo‘lsin!
     Ummatlariga mehr ko‘rsatib, ro‘za tutishni barcha sir-asrorlari ila ta’lim bergan habibimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga abadul abad salovotu salomlar bo‘lsin!
     Dindosh birodarlariga ro‘za haqidagi bilimlarni yetkazib, o‘rgatgan dinimiz yo‘lchi yulduzlari – sahobai kiromlarga Alloh taoloning rahmati va roziligi bo‘lsin!
    Aziz dindoshlarimiz, mana yana bir bora Ramazoni sharif boshimizga soyabon bo‘lib tashrif buyurdi. Bizga ma’lumki, qadimdan musulmonlar muborak Ramazonda doimgidanda ko‘proq Qur’on tilovat qilishga, doimgidanda ko‘proq har bir xatti-harakatlarida axloqliroq va karamliroq bo‘lishga harakat qiladilar. Chunki suyukli payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari ana shunday qilganlar va barcha Islom amallari qatori bu masalada ham ummatlariga o‘rnak bo‘lib, alohida ta’lim berganlar.
     Insonning ro‘zadan boshqa hamma qilgan amallari o‘zi uchun bo‘ladi. Faqatgina tutgan ro‘zasigina Alloh taolo uchun bo‘ladi. Ya’ni ro‘zadan boshqa amallarda amal qiluvchi xohlasa ham, xohlamasa ham bir oz xo‘jako‘rsinga qilish, o‘zgalarning havasi, maqtovi, obro‘-e’tiborini qozonish hissi paydo bo‘ladi. Ro‘zada esa bu narsalarning birortasi yo‘q, kechasi hech kim ko‘rmaydigan vaqtda saharlik qiladi. Kunduzi esa hamma qatori yuraveradi. Hech kimsiz, yolg‘iz o‘zi qolganida ro‘za tutgan inson Alloh taolo ko‘rib turganini his qilib, og‘zini ochib yubormaydi. Ushbularning barchasi ro‘za Alloh uchun tutilishining belgilaridir. Shu bois ham yolg‘iz Alloh uchun bo‘lgan ibodatning mukofotini Alloh taoloning O‘zi berishini va’da qilgan. Ro‘za uchun beriladigan savobning ko‘payishi shunchalarki, uni Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi, idrok ham qila olmaydi.
      Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘z hadisi shariflarining birida quyidagicha marhamat qiladilar: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qachonki Ramazon kelsa, jannat eshiklari ochilur, do‘zax eshiklari yopilur va shaytonlar kishanlanur”, dedilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati.
     Aziz dindoshlar! E’tiboringizni ushbu hadisi sharifdagi “…va shaytonlar kishanlanur” jumlasiga qaratmoqchiman. Bizga ma’lumki, shayton alayhi la’na doimo insonlarni Alloh taoloning ibodatidan, qurbatidan, toatidan chetlanishga undaydi, vasvasa qiladi va odam bolasining qon tomirida suzib yuradi. Mo‘min-musulmonlarga rahmat bo‘lib Ramazoni sharif tashrif buyursa, isyonkor shaytonlar o‘zlari uchun sevimli bo‘lgan bu ishlaridan to‘silib, kishanlarga mahkum etiladilar. Shu o‘rinda o‘rinli savol paydo bo‘ladi: Shunday bo‘lsa nega baribir bilib-bilmay ma’siyatlar sodir etaveramiz? Hattoki, ba’zi insonlarning gunoh ishlarda bardavom bo‘layotganlariga guvoh bo‘lamiz? Ushbu savollarning javobi esa quyidagicha: Ramazoni muborak hurmatidan shaytonlar kishanlangan paytda bizni ma’siyatga boshlovchi, tutgan ro‘zamizning, Alloh asrasin, mukammalligi ketib, nuqsonli bo‘lishiga sababchi bo‘luvchi narsa – NAFSlarimizdir. Demak, Ramazoni sharifning muborak kunlari davomida biror-bir gunoh sodir etgudek bo‘lsak, “Ha, shayton o‘lgur yo‘ldan urdi-da”, deyishimiz noo‘rindir. Bejiz hikmatlarda “Aql mudroq, nafs esa uyg‘oqdir” deyilmagan. Shaytonlar kishanlangan Ramazon oyida kim bilandir tortishib qolishimiz, kimnidir g‘iybat qilishimiz, dilozor ishlarga yo‘l qo‘yishimiz-nafsimizning uyg‘oqligi, hali ham kishanlanmaganidandir. Ushbu oy nafslarimizni poklash, ruhimizni sayqallash uchun qulay fursatdir. Ro‘zadagi chanqoq, ochlik, tunggi bedorlik, taroveh namozlari, xatmi Qur’onlar, xayru ehsonlar-nafslarimizga qarshi kurashdir.
      Shunday ekan, Allohim O‘z fazlu marhamatidan bahramand aylab, Ramazoni sharifni faqat go‘zal amallar, savobli ishlar bilan o‘tkazish baxtini barchamizga nasib etsin! Bu oyda nafsimiz bizdan noumid bo‘lib, “Xotirjam nafslar” safiga qo‘shilsin.

 

 

Isoqjonova Muhsina

Xadichai Kubro bilim yurti 3 kurs talabasi 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 219045
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98193
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47205
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45710
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24759
  • 19232
  • 12945
  • 15957