Nabiy sollallohu alayhi vasallam qarzni uzish uchun o‘rgatgan duolari
11.10.2017 6604

Rizq haqidagi hadislar

«Batahqiq, Alloh taolo orangizda xulq va rizqni taqsimladi. Dunyoni yaxshi ko‘rganiga ham, mahbub bo‘lmaganiga ham beradi. Ammo dinni faqat yaxshi ko‘rganiga beradi».

Rizqning oldindan belgilanishi

«Har biringiz onangiz qorniga tushganingizdan so‘ng, qirq kun davomida yaxlit holatga kelgaysiz, so‘ng shuncha vaqt ichida alakka aylangaysiz, keyin yana shuncha vaqt o‘tgach, bir parcha et shakliga kelgaysiz. Shundan so‘ng, Alloh taolo farishtani yuborib, to‘rt narsani – rizqingizning qanchaligini, qachon o‘lishingizni, baxtli yoki baxtsiz bo‘lishingizni taqdir qilib bitib qo‘ymoqni amr qilgaydir».

«Alloh Odam bolasi uchun to‘rt narsani bitdi: ko‘rinishi, xulqi, rizqi va umri. «Jabroil alayhissalom menga shuning xabarini yetkazdiki, Odam bolasining muddati tugab rizqi tamom bo‘lmaguncha u ulmaydi».

«Ey odamlar! Allohdan qo‘rqinglar! Albatta, sizlardan biringiz biror ish qilsa, uni puxta qilsin. Hech kimsa kech bo‘lsa ham rizqini to‘liq olmaguncha o‘lmas».

«Keng rizq, uzun umr xohlagan odam silai rahm qilsin».

«Agar Allohga haqiqiy tavakkul qilganingizda edi, albatta, sizlar ham ertalab och uchib chiqib, oqshomda qorni to‘q bo‘lib qaytadigan qush misoli rizqlantirilar edingiz».

«Har kuni Odam bolasining oldiga ikkita farishta tushib, biri: «Allohim! Beruvchining molini ko‘paytirgin» – deb, ikkinchisi esa: «Allohim! Baxilning molini yo‘q qilgin» , – deb aytishar ekan. «Ey Odam bolasi, o‘zingni Menga ibodat qilmoq uchun bag‘ishla. Shunda qalbingni boylik bilan to‘ldirib, kambag‘alligingni ketkazaman. Modomiki, Menga ibodat qilmasang, qo‘lingni ish bilan band qilib qo‘yib kambag‘alligingni ketkazmayman».

«Va Robbingiz sizga: «Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman. Agar kufr keltirsangiz, albatta, azobim shiddatlidir» («Ibrohim» surasi, 7-oyat).

«Bas, o‘z Robbingizga istig‘for ayting, albatta, u gunohlarni ko‘plab mag‘firat qiluvchidir, dedim. U Zot osmondan ustingizga ketma-ket (baraka yomg‘irini) yuboradir. Va sizga molu-mulk va bola-chaqa ila madad beradir va sizlarga bog‘u rog‘lar hamda anhorlarni beradir» («Nuh» surasi, 10-12-oyatlar).

«Ayt: «Albatta, Robbim rizqni o‘z bandalaridan kimni xohlasa o‘shanga keng qilur va tor qilur. Har bir infoq qilgan narsangizning o‘rnini U to‘ldirur. U Zot rizq berguvchilarning yaxshisidir» («Saba» surasi, 39-oyat).

«Kim Allohga taqvo qilsa, U Zot uning yo‘lini ochib qo‘yur. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur» («Taloq» surasi, 2-3-oyatlar).

Hadisi qudsiyda Alloh subhanahu va taolo shunday degan: «Ey Odam bolasi! Menga ibodat qilsang, qalbingni boylik bilan to‘ldiraman, rizqingni barakotli qilaman, jismingga xotirjamlik ato etaman. Meni zikr qilmoqlikda g‘ofil bo‘lma. Meni unutsang, yuragingni muhtojlik, jismingni esa chachroq va iztirob, qalbingni g‘am-tashvish bilan to‘ldiraman. Qancha umring qolganini bilganingda, qolgan orzu-umidlaringdan voz kechgan bo‘larding». «Ey Odam bolasi! Infoq et, ziyoda qilurman».

Yo‘qchilik paydo bo‘lishi

«Batahqiq, inson sodir etgan gunohi tufayli yo‘qchilikka mubtalo bo‘lur». Muhtojlik yetgan odam Alloh taolodan emas, balki odamlardan madad so‘rasa-da, ular unga yordam berolmaslar. Kimki Alloh taolodan najot so‘rasa, ertami-kechmi albatta so‘raganini olur».

Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga kirib ansorlardan Abu Umoma deb ataladigan kishini ko‘rib qoldilar. Shunda u zot: «Ey Abu Umoma! Masjidda namoz vaqtidan boshqa vaqtda o‘tirganingni ko‘ryapmanmi?» – dedilar. «Meni g‘amlar va qarzlar bosdi. Ey Allohning Rasuli!» – dedi. «Senga agar aytsang, Alloh g‘amlarini ketkazadigan va qarzlaringni uzadigan kalimalarni o‘rgatib qo‘yaymi?» – dedilar. «Ha, ey Allohning Rasuli!» – dedi. «Tong ottirganingda va kech kirgizganingda: «Allohim! Sendan g‘am bosishdan, mahzunlikdan panoh so‘rayman. Ojizlikdan, dangasalikdan panoh so‘rayman. Qo‘rqoqlikdan, baxillikdan panoh so‘rayman. Qarzga botishdan va odamlarning g‘olib kelishidan panoh so‘rayman», – degin dedilar.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217285
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24622
  • 19081
  • 12847
  • 15826