Musulmonlarga ozor beruvchilar do‘zax olovidadirlar
8.9.2017 4243

Islom dini – tinchlik, salomatlik dini. Islom dini insonlarga ozor berishdan qaytaradi. Nafaqat inson zotiga, balki, chumoliga ozor berish, hattoki, aziyat beruvchi biror so‘z aytishdan ham qaytaradi.

 

Kishilarga ozor beruvchilarga bu dunyo va oxiratda og‘ir azob-uqubatlar borligi haqida Qur’oni karimning bir necha oyatlarida ogohlantirilgan.

 

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: «Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitnaga solib, so‘ngra tavba qilmagan kimsalarga jahannam azobi va ular uchun o‘t azobi bordir», (Buruj surasi, 10-oyat).

 

Bir qator mufassirlar mazkur suradagi «...fitnaga solib...» oyatini “yondirib” ma’nosida ham tafsir qilganlar.

 

Ibn Abbos (roziyallohu anhu) va Muqotil (roziyallohu anhu) «Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitnaga solib...» oyatini “Mo‘minlarni olov bilan azoblab”, (Imom Roziy, “at-Tafsir al-Kabir”, 13:IIIdeb tafsir qilganlar.

 

 Ibn Humayd (roziyallohu anhu) va Ibn Munzir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Qatoda (roziyallohu anhu) «Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitnaga solib...» oyatini “olov bilan yondirish, o‘ldirish” degan ma’noni anglatadi, deb tafsir qilgan (Imom Jaloliddin Suyutiy, “ad-Dur al-Manzur, 8:466).

 

Imom Qurtubiy va Abu Hafs Hanbaliy ham shunday tafsir qilganlar (Muhammad Qurtubiy, “al-Jomi li ahkam al-Qur’on”, 19:295. Abu Hafs Hanbaliy, “al-Lubab fi ulum al-Kitab”, 20:253).

 

Abdulloh ibn Busr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Xasadchi, tuhmatchi va folbin mendan emas va men ham ulardan emasman”, (Imom Tabaroniy rivoyati) dedilar. Shundan so‘ng: «Mo‘min va mo‘minalarga qilmagan gunohlari bilan ozor beradigan kimsalar bo‘hton va aniq gunohni o‘zlariga olgan bo‘lurlar» (Ahzob surasi, 58-oyat) oyatini tilovat qildilar, (Al-Munzir “al-Targ‘ib va al-Tarhib”, 3:324. Ibn Asokir “Tarix Dimashq al-Kabir”, 21:334).

 

Imom Faxriddin Roziy: “Oxiratda do‘zax ahlini ikki turdagi azob o‘rab oladi, birinchisi – kufr keltirganlari uchun bo‘lsa, ikkinchisi –musulmonlarga azob berganlari uchun”, degan (Imom Roziy “al-Tafsir al-Kabir”).

 

“Tafsir al-Jalolayn” asarida yuqoridagi oyat quyidagicha tafsir qilingan: «Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitnaga solib»  oyati “musulmonlarni olov bilan azoblash”, «so‘ngra tavba qilmagan kimsalarga jahannam azobi» oyati “imon keltirmaganlari sababli”, «ular uchun o‘t azobi bordir» oyati “musulmonlarni olovda yondirganlari uchundir”, (Jaloliddin Suyutiy, Jaloliddin Mahalliy, “Tafsir al-Jalolayn”, I:801).

 

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Olov bilan faqat olovning Robbisigina azoblaydi”, deganlar (Imom Ahmad, Imom Abu Dovud rivoyati).

 

Ushbu hadisi sharif maxluqotlarga olov bilan azob berish, odamlarni kuydirib azoblash haromligiga dalolat qiladi.

 

Ibn Mas’ud (roziyallohu anhu) aytadilar: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan safarda edik. Bir vaqt kichkina qush ko‘rib qoldik. Uning ikkita jo‘jasi bor edi. Jo‘jalarini olib qo‘ygan edik, tepamizda gir aylanib ucha boshladi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim buni bezovta qildi? Bolasini unga qaytaring”, dedilar. So‘ng biz yondirgan chumoli uyasiga ko‘zlari tushib: “Bunga kim o‘t qo‘ydi?” deb so‘radilar. “Biz”, degan edik, “Parvardigordan boshqaning olov bilan azoblashga haqqi yo‘q”, dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

 

Mazkur hadis ham olov bilan hatto chumoli kabi mayda hasharotlarni ham o‘ldirish mumkin emasligiga hujjatdir.

                                                                                                                                                                                                     

 Davron Nurmuhammad

     tayyorladi.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218892
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47188
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45655
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24754
  • 19219
  • 12938
  • 15949