Musulmon tabiblari semizlik haqida nima deydi?
16.4.2017 5915

Semirish – yangi kasallik. U bilan qadimda hech kim kasallanmagan va u bilan tibbiyot mutaxassislari qiziqishgan. Semizlik haqida 1620 yillarda Tomas Venner ish olib borgani ma’lum xolos.

 

O‘rta asr Yevropasida yunon-rum davri tibbiyoti tugayotgan paytda bu sohada Uyg‘onish davriga qadar rivojlanish ko‘zga tashlanmadi. Bu paytda esa sharqda islomning keng yoyilishi bilan tibbiyot rivojlanish bosqichiga kiradi.

 

Jumladan, Muhammad ibn Zakariyo Al-Roziy o‘zining “Tibbiyot qomusi” kitobida semizlik haqida o‘z qarashlarini yozadi. Olim o‘zidan avval o‘tgan Gippokrat, Rufus, Galen, Oribaskus kabi tibbiyot bilimdonlarining bu boradagi fikrlarini tahlil qiladi. Va ulardan farqli jihatlarni qayd etadi. Semirishga qarshi kurashish borasida ham o‘zgacha fikr bildiradi.

 

Masalan, Jolinus(Galen)ning fikricha, mental faollik insonning semirib ketishining oldini oladi. Ar-Roziy esa semirishga qarshi kurashda o‘z davolash metodini yaratdi. Ya’ni semirishga qarshi turli dorilar, parhez, jismoniy mashqlar, massaj, suv bilan muolaja qilish(gidroterapiya) va turmush tarzini o‘zgartirish singari uslublarni qo‘llaydi.

 

Abu Ali ibn Sino(980–1037) “Tib qonunlari” kitobida bu haqida alohida to‘xtalib o‘tgan. Ibn Hubal al-Bag‘dodiy (1121–1213) ham semirish kasalligi haqida qiziqqani ma’lum. Ular semirishga qarshi kurashda och qoringa og‘ir jismoniy mashqlarni tavsiya qilishgan.

 

Ibn al-Nafis (1207–1288) o‘zining «Al Mujaz Fit-Tibb» asarida semizlikning yurak-qon tomir va respirator kasalliklari bilan bog‘liq tomonlari haqida yozadi:

 

«Semirish – bu inson organizmning siqilishi, erkin harakatlarining cheklanishi va nafas olishining qiyinlashishi. Semiz odamlarda qon tomirlarining yorilishi oqibatida vafot etishi havfi yuqori bo‘ladi. Ya’ni miya yoki yurakdagi qon tomirlarining yorilishi kutilmagan o‘limga olib boradi. Ular nafas siqishi va yurak o‘ynog‘idan aziyat chekishadi».

 

Bundan tashqari, Ibn al-Nafis semizlik alohida turi – tug‘ma semizlikni aniqladi. Bu haqida “Subfertil odamlarning tomiri yupqa bo‘ladi, ular ovqatsiz uzoq chiday olishmaydi”, deb yozgan edi.

 

Muslim Mirzajonov tayyorladi

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217607
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24646
  • 19104
  • 12861
  • 15841