Muslima ayolning asosiy 10 qoidasi
6.9.2015 19628

     Dunyoda turmush o‘rtog‘ining doimiy muhabbatiga sazovor bo‘lishni istamaydigan ayol bo‘lmasa kerak. Chunki baxtning asosiy mezoni ham er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro mehr-muhabbatdir. Qolaversa, ikki dunyo saodatiga erishmoqchi bo‘lgan soliha ayol, birinchi galda, erining yuksak muhabbatini qozonmog‘i lozim. Ana shu baxtdan umidvor har bir solihaning asosiy 10 qoidani bilishi esa nur ustiga nur.

 

1. O‘z eringiz uchun jozibali bo‘ling!
Alloh Taolo barcha ayollarni o‘z erlari uchun pardoz-andoz qilishga, doim go‘zal, pokiza va orasta bo‘lib yurishni buyurgan. Alloh amr etganidek eringiz yuragini zabt etish uchun o‘z chiroyingizni ishga soling!

 

2. Yaxshi kayfiyat bilan qarshilang!
Tasavvur qiling, eringiz ishdan qaytdi: saranjom-sarishta uy, shirin kalom, yaxshi kayfiyat bilan kulib qarshi olgan go‘zal ayoli, u sevib iste’mol qiladigan mazali taomlar, ozoda farzandlar. Shunda ham eringizda salbiy munosabat kuzatilarmikan?!

 

3. Jannatdagi ayollarni o‘rganib chiqing va ularga taqlid qiling.
Qur’oni Karimda bitilishicha, Jannatdagi ayollar ipak matoli ko‘ylaklar kiygan, yirik qora ko‘zli, erlari uchun qo‘shiqlar kuylovchi va hakazo sifatlarga ega. Siz ham turmush o‘rtog‘ingiz uchun nafis ipak matolardan tikilgan ko‘ylaklar kiying, ko‘zingizni yirikroq ko‘rsatuvchi qora qalamdan foydalaning, eringiz uchun qo‘shiqlar kuylab bering.

 

4. Uyingizda go‘zal taqinchoqlarga burkaning va o‘zingizga oro bering.
Barcha ayollar bolaligidan nafis sirg‘alar, bilakuzuklar taqadi, chiroyli kiyimlar kiyishadi. Ana shu odatni endi uyingizda davom ettiring. Bu eringizga ma’qul bo‘ladi.

 

5. Xazillashing, kayfiyatini ko‘taring!
Bir sir mavjud: erkaklar ko‘pincha xushchaqchaq ayollarga talpinishadi. Bir kuni Rasuli Akram (s.a.v) Jobir ismli sahobasiga uni kulishga majbur qila oladigan ayolga uylanish maslahatini berdi.

 

6. Oilasi uchun qilayotgan barcha ezgu harakatlari va mehnatlari uchun minnadorlik bildirib turing!
Jannati ayolning bezagi shukrona va erini doimiy qo‘llab-quvvatlash, oilasi baxtu farovonligi uchun qilayotgani ishlariga ijobiy baho berish, rahmat aytish.

 

7. Bahs paytida, aybingiz bo‘lmasa-da, “kechiring”, “uzr” degan so‘zni kanda qilmang.
Albatta, har bir xonadonda kelishmovchilik, katta-kichik janjalli holatlar kuzatilishi tabiiy. Ana shunday paytlarda bahslashmang, olovga moy sepmang. Vaziyatni kuting va “Kechiring, jahlingizni chiqardim. Iltimos, bahslashmaylik, dadasi”, deng — olam guliston.

 

8. Doim “Jannat kaliti” bo‘lgan eringizning ko‘ngilini olishga harakat qiling.
Nabiylar sultoni (s.a.v) qazosiga yetganida eridan rozi-rizolik, chin minnatorlik ola bilgan har bir muslima Jannatga kirishini aytdilar.

 

9. Tinglang va itoat qiling!
Eriga itoat etish — farz. Sizning umr yo‘ldoshingiz — oila boshlig‘i. Unga ana shu tuyg‘uni his etish imkonini bering va hurmatiga sazovor bo‘ling.

 

10. Nikohingiz mustahkam, oilaviy munosabatlaringiz abadiy bo‘lishini Allohdan so‘rang.
Barcha ne’mat buyuk Allohdan. Ibodat chog‘i duoga qo‘l ochganingizda Yaratgan Egam in’om etgan nikoh rishtalari mustahkam bo‘lishini so‘rashni va ana shunday siylov uchun shukrona bildirishni hech qachon unutmang.

 

Alloh taolo barcha oilalarga ikki dunyo saodatini bersin! Omin!

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217434
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24629
  • 19092
  • 12852
  • 15832