MANMANLIK HAQIDA
14.9.2017 11148

Bizda “manmanlik” deyiladigan salbiy sifat arab tilida “ujb” deb ataladi. Bunda kishi o‘zida bor narsalardan o‘zi ajablanadi va birovlarga maqtanadi.

Ulamolar manmanlikni quyidagicha ta’riflashgan: “Ujb – manmanlik ne’matni o‘zining fazlidan deb ishonish va ne’mat beruvchi Zotni unutishdir”.

Muhaqqiq ulamolar manmanlik bilan kibrning orasida nozik farq borligini ta’kidlaganlar.

Kibr ichki xulq bo‘lib, undan amallar sodir bo‘ladi. Mazkur xulq o‘zini ustidan kibr qilinayotgan shaxsdan yuqori qo‘yishdir. Manmanlik esa tasavvurdan iborat bo‘lib, unda manmandan boshqa odam bo‘lishi shart emas.

Alloh taolo Qur’oni karimda manmanlikni qoralab shunday degan: “Alloh sizlarni ko‘p o‘rinlarda g‘olib qildi. Hunayn (Makka bilan Toif o‘rtasidagi bir vodiy) kunini (eslanglar)! O‘shanda sizlarni ko‘p ekaningiz mag‘rur qilib qo‘ygan edi, ammo u (ya’ni, sanog‘ingizning ko‘pligi) sizlarni hech narsada behojat qila olmadi (qutqarib qola olmaydi) va sizlarga keng yer torlik qilib qoldi. So‘ng yuz o‘girgan holingizda chekingiz!” (Tavba surasi, 25-oyat).

Hunayn urushi Makka fathidan keyin bevosita boshlagani uchun unga mazkur fathda ishtirok etgan fotihlardan tashqari yangi musulmon bo‘lgan Makka ahli va boshqa ko‘pgina tomonlar ham chiqishgan edi. Hamma yangi g‘alaba – Islomning zohir bo‘lishi nashidasini surar edi. Ko‘pchilik, musulmonlarga hech kim bas kelolmaydi, degan fikrda edi.

Birinchi marta musulmon lashkari 12 ming kishilik katta lashkarga aylangan edi. Bu ulkan adad kishilarni g‘ururga ketkazib, ularda “Ozlik chog‘imizda qanchadan-qancha dushmanlar ustidan g‘olib chiqqanmiz-u, shuncha katta songa ega bo‘la turib o‘zimizdan oz sonli mushriklarni yenga olmasmidik”, degan manmanlik paydo bo‘ldi. Ammo...

Hunayn urushi qizigan paytda askanlar sonining ko‘pligi hech qanaqa foyda berolmadi. Mushriklar qo‘ygan pistirmadan to‘satdan qaqshatqich zarbaga uchragan musulmonlar o‘zlarini o‘nglay olmadilar. Dushmanning kuchli bosqini tufayli ularga yer yuzi torlik qilib qoldi va ular ortga qarab qocha boshladilar. Qochganda ham, hech narsaga qaramay qochdilar. Hatto o‘z Payg‘ambarlari sollallohu alayhi va sallamni ham tashlab qochdilar.

Ibn Umar roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Bir kishi izorini kibr bilan sudrab borayotganida, birdan uni yer yutib yubordi. Endi u qiyomat kunigacha yerga pastlab boraveradi” (Buxoriy, Muslim, Termiziy, Nasoiy va Ahmad rivoyat qilgan).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o‘tgan ummatlardan bir kishi o‘zining chiroyi, kiyimiga zeb berib, kekkaygani qanday oqibat bilan tugaganini ajoyib vasf qilib berish ila biz musulmonlarni o‘sha shaxsga o‘xshab qolishdan qaytarmoqdalar.

Mazkur illatlar chalingan odam sochini havas bilan o‘stirar ekan. Uning sochi yelkasiga tushib turar, kiyimini ham boshqalarga ko‘z-ko‘z qilish uchun tanlab kiyar ekan. U kunlarning birida o‘zining sochi shokilasiga va kiyimiga mahliyo bo‘lib yurib borayotganida, birdan uni yer yutib yubordi.

Bunga o‘xshash nobakorliklarni, o‘zini o‘zgalardan arzimagan narsa bilan ustun qo‘yadiganlarni, kiyimi bilan manmanlik qiladiganlarni yer ham o‘z ustida ko‘tarib yurmay yutib yuborishga tayyor ekan. Ammo shu bilan ish bitib qolmaydi, balki – Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytganlaridek – endi u qiyomat qoim bo‘lguncha pastga tushib boraveradi. Ya’ni, oxiratgacha yer yutish azobini chekib, qiynalib turadi. Qiyomat kuni esa uning ahvoli qanday bo‘lishini Alloh taoloning O‘zi biladi!.. Kim ana shunday yomon ahvolga tushmay desa, zinhor kibr qilmasin, o‘zini odamlardan ustun qo‘ymasin.

 

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining “Kamtarlik va kibr” kitobidan

 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218899
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47190
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45656
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24755
  • 19220
  • 12939
  • 15949