“Laylatul qadr” ning qadri nimada?
21.6.2017 6307

“Laylatul Qadr” nima?

Qur’oni karimda 114 ta sura bo‘lib, ulardan biri “Qadr” deb nomlanadi. Suraning nomi uning birinchi oyatidagi  “Qadr” so‘zidan olingan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, uning nomi “Laylatul Qadr” ya’ni “Qadrli kecha” nomidan kelib chiqqan. Demak “Laylatul Qadr” deganda mazkur surada va boshqa ko‘plab hadisi shariflarda bayon qilinganidek Ramazon oyining ichidagi alohida qadr-qiymatga ega, fazilatlarga boy bir kecha tushuniladi. Zero, bu kechadagi ibodatning fazli ming oylik ibodatdan afzal hisoblanadi.

Nega bu kecha “Qadrli kecha” degan nom olgan?

Sura muborak kecha “Qadr” deb atalishining ikki xil ma’nosi bor:

  1. Birinchisi – qadri ulug‘, degan ma’noda. Chunki, xuddi shu kechada Qur’oni karim nozil bo‘lishi boshlangan. Aynan shu kechada Qur’on Lavhul Mahfuzdan bu dunyo osmoniga tushirilgan. Undan keyin Qur’oni karimning sura va oyatlari dunyo osmonidan yer yuziga Jabroil farishta orqali yigirma uch mobaynida bo‘lib-bo‘lib, Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallamga turli voqea va hodisalar sabab qilinib nozil qilingan. Shuning uchun ham bu kechaning qadri ulug‘, fazli mo‘l-ko‘l hisoblanadi.
  2. Ikkinchisi –qadar, ya’ni bandalarning bir yillik taqdirlari belgilanadigan, hal qilinadigan kecha, degan ma’noni bildiradi. 

Nega bir kechalik ibodat ming oydan yaxshiroq hisoblanadi? 

Nima uchun birgina “Laylatul qadr” kechasida qilingan ibodat unda “Laylatul qadr”i bo‘lmagan ming oydan yaxshiroq hisoblanishi haqida Alloma Ibn Kasir rahmatullohi alayh bunday javob bergan: “Avvalgi ummatlardan bir kishi Alloh yo‘lida ming oy jiddu-jahd qilgani rivoyat qilindi. Bu xabardan Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va sahobalar ajablandilar. Payg‘ambarimiz alayhis salom o‘z ummatlariga ham shunday bo‘lishini orzu qilib: “Ey Robbim, mening ummatimni ummatlar ichida umri qisqa, amali oz qilding!”-dedilar.

“Laylatul qadr senga va ummatingga o‘sha odam jiddu-jahd qilgan ming oydan yaxshiroq”, dedi Alloh taolo.

Demak, bu kecha Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam ummatlariga Alloh taoloning fazlu marhamati hisoblanadi. 

“Laylatul qadr”ni bedor o‘tkazgan kishining gunohlari kechiriladimi?

Sevikli Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam “Laylatul qadr” kechasini iymon bilan savob umidida bedor o‘tkazgan mo‘minlarning gunohlari kechirilishi xushxabarini  berganlar:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ صَامَ رَمَضَانَ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ. وَ مَنْ قَامَ رَمَضَانَ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ. وَمَنْ قَامَ لَيْلَةَ الْقَدْرِ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ.   مُتَّفَقٌ عَلَيهِ

Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:“Kim Ramazonda iymon  ila savob savob umidida ro‘za tutsa, uning oldingi gunohlari mag‘firat qilinadi. Kim Ramazonda iymon  ila savob savob umidida qoim bo‘lsa, uning oldingi gunohlari mag‘firat qilinadi. Kim “Laylatul qodr”da iymon  ila savob savob umidida qoim bo‘lsa (bedor o‘tkazsa), uning oldingi gunohlari mag‘firat qilinadi”, dedilar”. Muttafaqun alayh.

Shuning uchun bu kechani Qur’on tilovat qilish, namoz o‘qish, duo qilish va istig‘for aytish bilan bedor o‘tkazish kerak.

“Laylatul qadr” kechasida biror duoni o‘qish tavsiya qilinganmi?

Ha, “Laylatul qadr” kechasida quyidagi duoni o‘qish tavsiya qilingan:

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: قُلْتُ يَارَسُولَ اللهِ أَرَأَيْتَ إِنْ عَلِمْتُ أَيَّ لَيْلَةٍ لَيْلَةَ الْقَدْرِ مَاأَقُولُ فِيهَا ؟ قَالَ:قُولِي: اَللَّهُمَّ إِنَّكَ عَفُوٌّا تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ

Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Men: “Ey Allohning Rasuli agar men qaysi kechaning Qadr kechasi ekanini bilsam u kechada nima deb duo qilay”, dedim. U zot: “Allohumma innaka afuvvun tuhibbul afva fa’fu anniy” (Ey Allohim, albatta sen o‘ta afv qilguvchisan, afv qilishni yaxshi ko‘rasan, meni afv qilgin”, deb duo qiling), dedilar”. Termiziy rivoyat qilgan.

Shuning uchun Ramazon oyi davomida har kecha ushbu duoni o‘qishga odatlanish kerak.

“Laylatul qadr” kechasida farishtalar yerga tushadilarmi?

“Laylatul qadr” kechasida Jabroil alayhissalom boshchiligida  ko‘plab farishtalar rahmat va barakotlar bilan yer yuziga tushadilar.U kecha tong otguncha tinchlik-omonlik kechasi bo‘ladi. Bu kechada farishtalar mo‘minlarga salom beradilar. Unda Alloh taolo bandalariga faqat tinchlik-omonlikni taqdir qiladi. 

“Laylatul qadr”Ramazonning qaysi kechasi? 

“Laylatul qadr” qaysi kecha ekani haqida bir-biridan farqli bir qancha rivoyatlar kelgan. Ularning ichida eng mo‘’tabari Ramazon oyinining yigirma yettinchi kechasi ekani haqidagi rivoyatdir. Mo‘minlar ibodat mavsumi bo‘lmish Ramazon oyida yanada ko‘proq ibodat qilishlari uchun “Laylatul qadr”ning qaysi kecha ekani aniq bildirilmagan. Shuning uchun Ramazonning barcha kechalarini imkon qadar ibodatlar bilan o‘tkazish kerak.

 

 Manbalar asosida

 TII prorektori

Ibodulla Ahrorov

 tayyorladi.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218640
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98120
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47145
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45564
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24739
  • 19195
  • 12927
  • 15932