KONSTITUTsIYa – MILLIY QOMUSIMIZ
7.12.2016 8347

    Konstitutsiya - “Sonstitutio” atamasi lotincha “ta’sis qilmoq”, “tizimga solmoq” ma’nolarini anglatib, qadim-qadimdan davlatlarning asosiy qonun normasi hisoblangan. Qadimgi Rimda imperator hokimiyatining ba’zi hujjatlari shunday deb yuritilgan. Birinchi marotaba “Konstitutsiya” tushunchasining ta’rifi fransuzlarning 1789 yilda qabul qilingan mashhur “Odam va fuqaroning huquq va erkinliklari deklaratsiyasi”da tilga olingan edi. Unda shunday so‘zlar yozilgan edi: “Jamiyatdagi huquq va hokimiyatchilik bo‘linishi kafolatlanmagan joyda Konstitutsiya bo‘lmaydi”.
    O‘zbekiston zaminida, Turkistonda, jumladan Konstitutsiya XIV asrda Sohibquron Amir Temur tomonidan “Temur tuzuklari” tarzida tuzilgan Konstitutsiyaning o‘ziga xos ko‘rinishi edi. Unda raiyat ya’ni el bilan tillashish, qo‘shin to‘plash va unga rahbarlik qilish, qo‘shni davlatlar bilan diplomatik aloqalar olib borish va hokazo muhim hayotiy masalalar tartibga solingan edi. Temur davlatini boshqarishda shariat qonunlaridan keng foydalanar edi. Shuning uchun ham Amir Temur bobomiz “Kuch — adolatdadir” – degan taomilga qat’iy rioya qilar edi. Aloqa qilmoqchi bo‘lgan mamlakatlar, yurtlar bilan do‘stona munosabat qilish namunasini ko‘rsatar edi. Shuning uchun ham G‘arb elchilari va sayohatchilari Amir Temur haqida, mamlakatdagi mavjud tartib haqida ko‘plab esdaliklar qoldirganlar. Ibn Arabshoh, Vamberi va Klavixo kabi tarixchilarning va sayyohlarning qoldirgan esdaliklari shular jumlasidandir. O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach, suveren davlatning Konstitutsiyasini yaratishga keskin ehtiyoj paydo bo‘ldi. Ayniqsa, bozor munosabatlari va respublikaning jahon hamjamiyatiga mustaqil ravishda kirishda mavjud konstitutsion tuzumni qaytib ko‘rib chiqishni talab etar edi.
    Ma’lumki, Konstitutsiyani taqdim qilish oson ish emas. Shuning uchun ham bu ishga mustaqil Respublikamizning eng sara huquqshunoslari, nazariyotchi va amaliyotchilari jalb etilgan edi. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov Konstitutsiya ishlab chiqish va qabul qilish komissiyasini shaxsan o‘zlari nazorat qilib, xalq manfaatlarini iroda qiluvchi bandlarga alohida ahamiyat qaratganlar.
    Yangi, yosh davlatning Asosiy qonuni jahon afkor ommasiga yangi davlatning istiqboli va milliy qadriyatlarini bildirishi kerak edi. Qolaversa, mustaqil mamlakatning asosiy ramzlari hisoblangan uning milliy tili, bayrog‘i, muhri, madhiyasi bo‘lishi shart bo‘lganidek, uning Konstitutsiyasi ham bo‘lishi lozim edi. Chunki Konstitutsiya – mustaqillikning kafolatidir. Konstitutsiya yaratilishida ana shu kishilarning har birining fikr va mulohazalari alohida e’tiborga olindi. Komissiya nomiga mamlakatimizning turli hududlarida istiqomat qilayotgan ko‘pmillatli kishilardan 6 mingdan ortiq xatlar kelgani ma’lum. Ushbu xatlar, taklif va mulohazalar komissiya rahbari Islom Karimovning taklifi bilan doimiy saqlashga olingan, chunki ularda mustaqil mamlakat aholisining o‘z Asosiy qonuni taqdiriga bo‘lgan e’tibor mujassamlashgan.
    Konstitutsiya boblari, bo‘limlari va moddalarini yaratish boshlajarayonida dunyodagi 97 ta Konstitutsiyalar qiyosiy o‘rganib chiqildi. Bu esa Konstitutsiyamizning puxta-pishiqligini, jahon amaliyotidagi shunday hujjatlardan qolishmasligini kafolatladi. Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi jahondagi ushbu amaliyot tarixini boyitgani haqida dunyo matbuoti yozgani ham hammamizga ma’lum. Respublikamiz Konstitutsiya ijodkorligi tarixida ilk marta davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi belgilab qo‘yildi. Sho‘ro tuzumi davrida davlat manfaatlari shaxs manfaatidan ustunligi qat’iy belgilangan bo‘lsa, mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson manfaati oliy qadriyat, deb belgilanishidan tashqari, shaxs manfaati davlat manfaatidan ustunligi (13-modda) e’tirof etildi.
    Mamlakatimizning birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbuslari bilan ushbu asosiy Qonunni bolalarimiz ongiga yoshlikdanoq singdirish uchun uni maktabda o‘qitish an’anaga kiritildi. Asosiy qonunlar majmuamizda mamlakatning muqaddas qadriyatlari mujassamlashgan. Masalan, mamlakatimizda 140 ga yaqin millat va elat yonma-yon yashaydi. Ularning hech birlari boshqasidan ortiq yoki kam emas. Hammasi Konstitutsiyada nazarda tutilgan imtiyoz va erkinliklardan teng va birdek foydalanadilar. Konstitutsiyaning 8 moddasida “O‘zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi”, — deyilgan. Dunyoning u yer-bu yerlarida milliy, diniy, etnik kelishmovchiliklar bo‘lib turgan hozirgi pallada bizning mamlakatimizda turli millat va elatlarning yuzdan ortiq milliy-madaniy markazlari o‘z faoliyatlarini emin-erkin davom ettirayotgani, o‘z milliy-madaniy ehtiyojlarini to‘la qondirayotgani diqqatga sazovordir.
     Uncha uzoq bo‘lmagan qo‘shni mamlakatlarda mahalliy millatga alohida imtiyozlar berilishi haqida ochiq siyosat olib borilayotgan bir paytda bizda millat ajratmasdan, “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shioriga qat’iy amal qilib kelayotganimizni ham afkor omma ko‘rib turibdi, albatta. O‘zbekiston o‘z qo‘shnilari bilan ikkitomonlama va ko‘ptomonlama iqtisodiy-siyosiy hamkorlik qilishni maqsad qilib munosabatga kirishmoqda. Bu haqda Konstitutsiyamizda ham aniq-tiniq yozib qo‘yilgan. O‘zaro hamkorlik tashqi siyosatimizning muhim prinsipidir. Ana shunday holatlar Asosiy qonunimizning naqadar xalqchil va adolatli ekanligiga misoldir.

 

Xadichai Kubro bilim yurti o‘qituvchisi N.Saidakbarova

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217292
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24623
  • 19082
  • 12847
  • 15826