Keling, salovot aytaylik!
15.8.2017 8171

   Sufyoni Savriy hazratlari aytadi: Ka’bani tavof etayotganda har qadamida salavot o‘qigan bir kishini uchratdim. Unga “Sen kerakli duolarni tashlab, faqat salavot o‘qiyapsan. Har joy uchun alohida o‘qiladigan duolar bor”, dedim. U “Sen kimsan?”, deb so‘radi. Men o‘zimni tanishtirdim. U “Sen avomlardan emassan, olim ekansan. Senga gapirib berayin”, deb boshladi:Otam bilan Baytullohga borish uchun yo‘lga chiqdik. Yo‘lda otam kasallandi. Uni davolash uchun astoydil harakat qilganimga qaramay, otam vafot etdi. Vafot etishi bilan yuzi qorayib ketganini ko‘rdim. Yuzini berkitdim. Yonida o‘tirib, uxlab qolibman. Tushimda shunday bir zotni ko‘rdimki, undan go‘zal yuzli hech kimni ko‘rmagandim. Undan juda go‘zal hid kelardi. Otamning yoniga keldi. Yuzini bekitgan yopinchiqni olib, kaftini otamning yuziga surdi. Otamning qora yuzi nurlandi, oppoq bo‘ldi. Bu zotdan kim ekanligini so‘raganimda “Men Rasulullohman. Otang umrini bekor o‘tkazdi. Ammo menga ko‘p salavot o‘qirdi, hozir qayg‘uda ekanligini menga bildirdilar, o‘zi ham mendan yordam istadi. Ko‘p salavot o‘qigan mo‘minga men, albatta, yordam beraman”, deb marhamat qildilar. Uyg‘onib, otamning yuzi oppoq bo‘lganini ko‘rdim. Mana shu sababli, qayerda bo‘lsam ham Payg‘ambar janobimizga ko‘p salovot o‘qiyman.

 

   Haqiqatdan umrimiz g‘aflatda o‘tmasin. Qanchadan-qancha xayrli ishlarni qo‘ldan boy berdik. Keling, azizlar, bu yo‘qotishning o‘rnini salovot aytib to‘ldiraylik va yuzimizni qorayib ketishidan saqlaylik.

 

   Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishning foyda va samaralari.

 

 1. Alloh taoloning amriga bo‘ysunish.

 2. Bir salovot uchun Alloh taolodan o‘n salovot olish.

 3. Bir salovot uchun o‘n daraja ko‘tarilishi.

 4. Bir salovot uchun o‘n hasanot yozilish.

 5. Bir salovot uchun o‘n o‘n gunoh o‘chirilishi.

 6. Duoning qabul bo‘lishi.

 7. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga musharraf bo‘lish.

 8. Gunohlarning mag‘firat qilinishi.

 9. G‘am g‘ussadan forig‘ bo‘lish.

 10. Qiyomat kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yaqin bo‘lish.

 11. Kambag‘al uchun salovot sadaqa o‘rniga o‘tishi.

 12. Hojatlarning ravo bo‘lishi.

 13. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytgan odamga Alloh taolo va Uning maloikalari salovot aytadilar.

 14. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytuvchi poklanadi.

 15. Salovot aytish bandaga jannat bashoratini beradi.

 16. Qiyomat kuni dahshatlaridan najot beradi.

 17. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam salovot aytuvchiga javob beradilar.

 18. Bandaga unitgan narsani eslatadi.

 19. Majlisni Allohning rahmati o‘rab oladi.

 20. Salovot faqirlikni ketkazadi.

 21. Salovot bandadan baxillik sifatini ketkazadi.

 22. Salovot insonni “duoi baddan” qutilishga sabab bo‘ladi.

 23. Salovot o‘z egasini jannat yo‘liga eltadi.

 24. U o‘z egasini majlis noxushligidan saqlaydi.

 25. Hamda sano bilan boshlangan duoni tamomlaydi.

 26. Bandaning sirotdagi nurini to‘liq qiladi.

 27. Banda u bilan jafodan chiqadi.

 28. Salovot barakaga sabab bo‘ladi.

 29. U Alloh taoloning rahmatiga erishtiradi.

 30. Salovot Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatni bardavomligining sababchisidir.

 

 

            Qosimxon Boyxanov

Shayx Zayniddin jome masjidi imom noibi  

 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217229
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24617
  • 19075
  • 12844
  • 15820