26.10.2017 3386

Ummul Kirom Karima bint Ahmad ibn Muhammad Marvaziya faqiyha, olima va hadis ilmi bilimdonidir. Yuz yil yashadi va bokira holda vafot etdi.

Islom dini va shar’iy ilmlar xizmatida katta o‘rin tutgani uchun tarixchi olimlar olimaga «Ummul Kirom» laqabini berishgan.

Karima Makkadagi Masjidul Haromga qo‘shni bo‘lgan va ilm talabida otasi bilan birga ko‘p o‘lkalarga safar qilgan. Umrini ilm yodlab, rivoyat qilib, o‘rganib, ko‘pchilikka o‘rgatib o‘tkazdi. Olimaning o‘sha davrda ko‘plab shogirdlari yirik faqih bo‘lib yetishdilar.

Zamondoshlari Karimani fahmi o‘tkir, ziyrak muhaddisa va fozila deya sifatlaganlar.

Sahihul Buxoriyning eng oliy sanadlari Karimaga yetib boradi. Zero, Karima Sahihul Buxoriyni rivoyat qilish va uni boshqalarga o‘qib eshittirish bilan mashhur bo‘lgan. Natijada Karimaning ismi Sahihul Buxoriy nomi bilan bog‘langan. Qaysi olim Karimaning tarjimai holini yozsa, uning Sahihul Buxoriyga aloqadorligiga ishora qilib o‘tadi.

Olima haqida Imom Zahabiy quyidagilarni aytgan: «Karima shayxa, olima, fozila, ishonchli sanad vakilasidir. Ummul Kirom Karima bint Ahmad ibn Muhammad Marvaziya Allohning Haramiga qo‘shni bo‘lgan... Sahihni ko‘p marta rivoyat qilgan... Aslo turmushga chiqmagan va bokira holda vafot etgan».

Karima fiqh ilmlarini yirik fuqaholar va ulamolardan olgan. Masalan, Zohir ibn Ahmad Saraxsiy, Abdulloh ibn Yusuf Asbahoniy va boshqalar.

Karima Marvaziya 463 hijriy yilda vafot etgan. Alloh taolo olimani rahmatiga olgan bo‘lsin!

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218889
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98165
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47185
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45648
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24751
  • 19218
  • 12938
  • 15948