YaXShILIKKA YoYISh
23.10.2017 4254

Voil oshxona mudiri edi. U hamisha xushchaqchaq va xushkayfiyatda yurar, undan birov: «Ahvoling qanday?», deb so‘rasa, o‘sha zahoti: «Ajoyib!», deb javob berardi. U boshqa oshxonaga o‘tganda, oshxona xodimlarining aksari ishlarini tashlab, u bilan birga yangi oshxonaga ishga kirishdi. Ular Voil bilan birga bo‘lish uchun ishlab turgan oshxonalarini tark qilishdi. Xo‘sh nimaga?

Chunki Voil har doim atrofidagi kishilarni shijoatlantirib, ruhlantirib turardi. Agar bir xodimning ishi yurishmay tushkunlikka tushsa, Voil darhol uning oldiga kelib, ko‘rinishidan salbiy tugagan ishga, ijobiy ko‘zi bilan qarashni o‘rgatar edi.

Voilning barcha ishni yaxshilikka yoyishini ko‘rgach, «U bunday narsaga qanday erishgan?», degan savolni bera boshladim. Bu savolimga Voilning o‘zi shunday javob qaytardi: «Men har ertalab uyg‘onganimda oldimda ikki kishidan biri bo‘lish ixtiyori borligini ko‘raman. Biri hamma narsani yomonlikka yoyadigan shum odam, ikkinchisi, har bir ishni yaxshilikka yoyadigan saodatli odam. Men, albatta, ikkinchi odam bo‘lishni o‘zimga tanlayman. Xuddi shuningdek, menda ro‘y beradigan har qanday yomon ishga nisbatan ikki xil yondoshuvdan birini tanlash imkoniyati borligini bilaman. Biri o‘sha yomon ishning qurboni bo‘ldim. Ikkinchisi: bu yomonlik menga boshqa qaytarilmaslik uchun dars bo‘ldi, degan yondoshuv. Albatta, men bunda ham ikkinchi yondoshuvni tanlayman. Yana birov oldimga bir muammo bilan kelsa, bunda ham menda ikki yo‘ldan birini tanlash imkoni bor. Biri: o‘sha muammoni eshitibgina qolish. Ikkinchisi: o‘sha muammoni ko‘tarib kelgan odamga o‘sha muammoli ko‘ringan narsaning ijobiy tomonini ochib berish. Bu borada ham har doimgidek ikkinchisini tanlayman».

Men Voilning bu javobini eshitib unga: «Lekin siz aytgandek bo‘lish oson ish emas», dedim. Voil: «Bu juda oson. Zero, bu hayotdagi barcha narsa, ikki ishdan birini tanlash ixtiyoriga bog‘liq. Chunki, hayotda sen bilan sodir bo‘layotgan narsalarni bunday olib qarasang, sen tanlangan xohishlar natijasi ekanini guvohi bo‘lasan. Misol uchun, senga ko‘rsatilgan munosabatga qaytaradigan javobingni, oldingda turgan yaxshi va yomon ishdan birini tanlashing, bularning barchasi sening ixtiyoringga bog‘liq. Sendan sodir etilayotgan barcha ishlar bu sen tanlagan ishlardir. Alal oqibat olib qarasang, sen yashab o‘tgan bu hayot sening tanlagan va xohlagan hayoting», dedi.
Agar biz mana shu Voil aytgan tushunchani yaxshi anglab yetsak, hayotni yaxshilash va undan shar’iy lazzatlanishimiz mumkin va eng muhimi, ko‘plab muammoli ko‘ringan narsalar biz uchun yechimi oddiy narsalarga aylanadi.

 

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining «Hayot o‘rgatgan saboqlar» kitobidan

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218891
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47187
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45652
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24752
  • 19219
  • 12938
  • 15949