Islom ayolga rahm qildi...
6.3.2017 10712

    Albatta, Islom ayolga rahm qildi: hayz va nifoz paytida unga rahm qilib, undan namoz va ro‘zani soqit qildi. Chunki, hayz va nifos paytida ayol kishi boshidan qiyinchiliklarni o‘tkazadi. Vaholanki, namoz erkaklardan hech qachon soqit bo‘lmaydi. Faqat safar chog‘ida erkaklarga ro‘za tutmaslikka ruxsat berilgan.
    Islom ayolga rahm qildi, shuning uchun undan nafaqani soqit qildi. Ayol bolasiga ham, ota-onasiga ham, eriga ham nafaqa qilmaydi. Hatto o‘ziga ham nafaqa qilmaydi. Uning nafaqasi eriga lozimdir.
   Islom ayolga rahm qildi, ayol erining xizmati va uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganligi uchun undan jum’a namoziga va jamoat namozlariga borishni soqit qildi.
    Islom ayolga rahm qildi, shuning uchun xilvati sahihaning o‘zi bilanoq erining unga mahr berishini vojib qildi. Agar xilvati sahiha bo‘lmagan bo‘lsa, eriga ayolga mahrning yarminini berishni vojib qildi.
     Islom ayolga rahm qildi, shuning uchun ayolning nikohi bog‘lanishi bilanoq eri vafot etsa, unga eridan meros olish huquqini berdi.
     Islom ayolga rahm qildi, shuning uchun uning haqqini e’tirof etib, “Onangga, onangga, onangga, so‘ngra otangga” dedi.
    Islom ayolga rahm qildi, shuning uchun uning zaifligini e’tiborga olib, bu hodisalarni ko‘rganda bo‘ladigan tuyg‘ularining rioyasini qilib, undan qon to‘kilishi, jinoyatlar masalasida guvohlik berishni soqit qildi.
    Islom ayolga rahm qildi, shuning uchun to hajdan qaytgunicha unga qarab turadigan, xizmatini qiladigan mahrami bo‘lmasa, haj qilishni undan soqit qildi.
    Islom ayolga rahm qildi, shuning uchun ayolning chiroyini muhofaza qilish maqsadida unga haj amallarini bajarib bo‘lgandan keyin sochini (oldirmasdan) qisqartirishga ruxsat berdi va bu ishini soch oldirishning ajriga teng qilib qo‘ydi.
    Islom ayolga rahm qildi, shuning uchun uning holining rioyasi va idda muddati uzayib ketmasligi uchun u hayz ko‘rib turgan paytida uni taloq qilishni eriga harom qildi.
    Islom ayolga rahm qildi, shuning uchun uning zimmasida nafaqa majburiyati bo‘lmasa ham, unga eridan, aka-ukalaridan, farzandlaridan, ota-onasidan meros olish huquqini berdi.
    Islom ayolga rahm qildi, shuning uchun eriga unga mahr berishni vojib qilib, o‘sha mahrdan uning roziligisiz olishni eriga harom qildi.
    Islom ayolga rahm qildi, shuning uchun uning nikohi valiy va guvohlarsiz bo‘lishini ta’qiqladi. Toki u o‘zining obro‘si, farzandlarining nasabi borasida tuhmatga qolmasin.
   Islom ayolga rahm qildi, shuning uchun uni zinoda ayblagan, ammo guvoh keltirolmagan kimsaga sakson darra urish, urilgandan keyin o‘sha kimsani jamiyat orasida ishonchsiz kishi deb e’lon qilish va guvohligi hech qachon qabul qilinmaslik jazosini tayinladi.
    Islom ayolga rahm qildi, shuning uchun uning obro‘sini, iffatini saqlayman, uni muhofaza qilaman deb, shu yo‘lda o‘ldirilgan kishiga shahid hukmi berdi.
    Islom ayolga rahm qildi, shuning uchun uning kafanini erkak kafanidan ko‘p qildi. Shunday qilib ayol kishi beshta narsa ila kafanlanadi. Erkak kishi esa uchta narsa ila kafanlanadi.
    Islom ayolga rahm qildi, shuning uchun eri unga erlik qilolmasa, zulm qilsa, yana kamiga uni taloq qilishdan bosh tortsa, ayolga o‘zini o‘zi xulu’ qilishga ruxsat berdi.
    Islom ayolga rahm qildi, uning ortida turganlardan jasadi, avratlari satrda bo‘lishi, ortidan erkaklar nazar solmasligi uchun namozdagi safda imomdan, erkaklardan uzoq turadigan qilib qo‘ydi.

Honiy Ali Abdulaziz Abul Aloning “Islomda ayolning o‘rni” maqolasidan tarjima qilindi

Muhibbulloh Xudoyberdiyev,

O‘zbekiston musulmonlari idorasining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi vakili, To‘raqo‘rg‘on tumani “Qo‘chqor ota” jome’ masjidi imom xatibi

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217050
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24597
  • 19062
  • 12832
  • 15802