IShONMASANGIZ SINAB KO‘RING
13.8.2017 3844

 

   Dinimiz bashariyatning his tuyg‘ularini rioya qiladigan din. Yetim qolgan bola pul bilan ham topib bo‘lmaydigan ulug‘ his tuyg‘ulardan mahrum bo‘ladi. O‘zini boladek his qilish, erkalanish, injiqlik qilish, birov xafa qilganda, yig‘lab shikoyat qilish. Kasal bo‘lganda, mehribon insonlar taftidan bahramand bo‘lish. Yemoqchi bo‘lgan narsalarini oldirish. O‘ynamoqchi bo‘lgan o‘yinchoq va boshqa narsalarni majburlatib olish va hokazo. Bu his tuyg‘ularni faqat va faqat ota-ona orqali olish mumkin. Yetim bolada esa bu his tuyg‘uni beruvchi ota-onasi yoki ulardan biri bo‘lmaydi.

 

   Bandalarini va ularning his tuyg‘ularini yaratgan Alloh bu bo‘shliqni to‘ldirishga uringan har qanday bandasiga ulkan mukofotlarni va’da qildi.

 

Muborak hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

 

أَنَا وَكَافِلُ الْيَتِيمِ فِي الْجَنَّةِ هَكَذَا. وَأَشَارَ بِالسَّبَّابَةِ وَالْوُسْطَى، وَفَرَّجَ بَيْنَهُمَا شَيْئًا.

 

«Yetimni qaramog‘iga olgan men bilan jannatda mana bundaydir» deb, ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlari bilan, ularning orasini ozgina ochib ishora qildilar”.

 

   Yetimga yaxshilik qilish bag‘ritosh odamning qalbini yumshatadi. U bu illatdan yetimga yaxshilik qilish orqali qutuladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldilariga bir kishi kelib qalbi qattiqligi haqida shikoyat qildi. Shunda Habibimiz sollallohu alayhi vasallam:

 

أتُحِبُّ أنْ يَلِينَ قَلْبُكَ وتُدْرِكَ حاجَتَكَ ارْحَمِ اليَتِيمَ وامْسَحْ رَأسَهُ وأطْعِمْهُ مِنْ طَعامِكَ يَلِنْ قَلْبُكَ وتُدْرِكْ حاجَتَكَ

 

«Qalbing muloyim va hojatlaring ravo bo‘lishini istaysanmi? Unda yetimga mehribonlik qil, uning boshini silab taomingdan yedir shunda qalbing yumshoq va hojating ravo bo‘ladi», dedilar.

 

  Bu hadisi nabaviyni g‘arblik olimlar tajriba qilishdi. To‘ldirilgan anketadagi ma’lumotga suyanib oltita qalbi qattiq odamni olib ularga bir haftalik xarajat uchun katta mablag‘ berishdi va har biriga bittadan yetim bolani biriktirib berilgan mablag‘larni yetim bolani ko‘nglini olish va ularni xursand qilish uchun sarflashga buyurishdi. Oradan bir hafta o‘tib qalbi qattiq yettita odamni kinoteatrda qayg‘uli video film qo‘yishda, oltitasidan beshtasi filmning yarmidan boshlab oxirigacha ko‘z yosh to‘kib yig‘ladi. Bittasi esa filmning oxirida ozgina yig‘ladi.

 

Abdurauf Diblajiy rahmatullohi alayh aytadi:

 

“Qachon ishim yurishmasa, yoki ko‘zlagan maqsadimga erishmasam yetim qo‘shnimizning oldiga chiqib unga ehson qilar edim va hojatim ravo bo‘lardi.

 

Siz ham bir sinab ko‘ringchi!

 

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217149
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24610
  • 19070
  • 12840
  • 15812