Irim-sirimlar bilan baxtli bo‘lish mumkinmi?
16.8.2017 6995

Yaqinda masjidimiz oldiga bir qimmatbaxo mashina kelib to‘xtadi. Udan keksa bir ayol balog‘at yoshidagi qiz nabirasi bilan tushib keldi. Salom-alikdan so‘ng, onaxon "Bu masjid kachon qurilgan?", dedilar. 19 asrda vurilganligini aytdim. Shunda onaxon "Bolam, mana shu nabiramni hech ham baxti ochilmayapti. Sovchilar kelishyapti-yu, ammo arzimagan narsani baxona qilib, qaytib ketishyapti. Kecha bir kuchli (odam o‘qiydigan) Folbinga borsam "Bir eski (ko‘xna masjid) ostonasidan nabirangiz 7 marta xatlab o‘tsin", dedi. Shuning uchun ushbu masjid qadimiy ekanligini eshitib, oldingizga keldik”, dedi.

Bu meni xayron qoldirdi: "Onaxon, taqdir bu Allohdan. Agar Alloh o‘zi xohlasa, nabirangizning baxti ochilib ketadi. Agar yaratgan Egam xohlamasa eski, qadimgi masjid ostonasidan har qancha xatlab o‘tkani bilan biror bir o‘zgarish bo‘lishi mumkinmas. Undan ko‘ra, ismingizni va nabirangizni ismini ayting. Juma kuni katta jamoat bilan duo qilamiz”.

Onaxon rozi bo‘ldilar. 2 ta Juma namozida duo qildik. Duolarni qabul qilguvchi zot, duolarimizni qabul qildi va yaqinda Onaxon kelib, nabiralariga yaxshi bir xonadondan, diyonatli yigitdan sovchi kelib, bir yarim oy ichida nikoh to‘yi bo‘lishini aytdilar.
Men "Onaxon, nabirangizning yoshi nechchida o‘zi? Onaxon "31 yoshda", dedilar hamda aytdilar-ki, "Nabiramni olib bormagan folbinim, ajarmagan irim-sirim amalim qolmadi. Hammasi bekor ekan. Ko‘pchilikni duosida gap ko‘p ekan. Taqdir Allohdan ekaniga yana bir bor amin bo‘ldim", deb yig‘lab rahmat aytib berdilar.

Xulosa: Bugun ishi yurishmasa, farzandlarining baxti ochilmasa, bemor bo‘lsa, qarzdor bo‘lsa, folbinga chopadiganlar kam emas. Ularga aytarimiz: taqdir faqat yaratgan Alloh izmidadir. Baxtni faqat Allohdan so‘rang, amallaringizni to‘g‘rilang!

 

         Dilshod Umurtoyev

Yahyo qori jome masjidi imom-xatibi

 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217614
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24646
  • 19105
  • 12861
  • 15842