Ilm ahliga tosh otish
2.5.2017 4496

Islom dinini, shariat ahkomlarini yetkazishdek ulkan mas’uliyatni zimmasiga olgan ulamolar sha’niga yomon so‘zlarni gapirish Alloh va Uning rasulini g‘azabini keltiradigan yomon ishdir.

Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayh: «Kim din olimlarini masxara qilsa, oxirati kuyadi. Kim podsho va amirlarni masxara qilsa, dunyosi barbod bo‘ladi. Kim o‘z birodarlarini masxara qilsa muruvvat va haybati yo‘qoladi», degan.

Allloh taoloning joriy bo‘lgan odatlaridan biri shuki, ilm ahli va ulamolarni tahqirlagan va masxara qilgan odamni mana shu dunyoning o‘zida xor qiladi. Suhayl Andalusiy rahmatullohi alayh aytadi: “Bir qo‘shnimiz bor edi. Alloh boylik va obro‘ni berib qo‘ygan, juda serdavlat edi. Uning eng yomon odati din olimlarini kalaka qilish va ularga aziyat berish edi. Bir kuni Alloh roziligini istab nasihat qildim. U meni kamsitib uyidan haydadi. Allohga qasamki, oradan 20 yil o‘tib falaj bo‘lib qoldi. Mol dunyosidan ayrildi. Muhtojlikdan shahar bozorida tilanchilik qila boshladi. bir kuni bozorda ko‘rinmay qoldi. Oradan uch kun o‘tib, bozor orqasidagi tashlandiq joydan jasadi topildi. Butun shahar ulamolari aziyat ko‘rgan bu insoning nihoyasi mana shunday yakun topdi”.

Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh: «Olimlarning go‘shti zaharlidir. Uni hidlagan ya’ni yomonlik qilishga uringan odam kasal bo‘ladi. Uni yegan ya’ni g‘iybatini qilgan odam zaharlanib o‘ladi», degan.

Abu Romla Sindiy aytadi: «Yigirma yildan beri bir olimni g‘iybat qilganimning azobini tortaman».

Ming afsuslar bo‘lsinki, ba’zi hayoliga kelganini gapiruvchi insonlar bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali dinimiz xodimi, shariatimiz ahkomlarini yetkazuvchi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan meros qolgan minbarda turib insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi inson haqida yolg‘on va bo‘htonlarni tarqatib yuribdi.

Alloma Abu Fazl Burhoniy “Tahsilot” kitobida ajib bir voqeani keltiradi:

“Bir odamni huzurimga olib kelishdi. Badaning bir qismi chirib yomon hid taralardi. Mendan bu kasallikning davosi bormi deb so‘rashdi. Men ularga giyohlardan dori tayyorlab berdim va surish uchun malham berdim. Eshikdan chiqib ketayotganda, uni olib kelgan kishilardan: «Bu inson yetim yoki bir olimni xafa qilmaganmi?», deb so‘radim. U ajablanib: «Nega bu xulosaga keldingiz», dedi. Men: «O‘ttiz yildan beri tabiblik qilaman hayotim davomida ushbu kasallikka chalingan olti kishini davolaganman. Ular yo yetimni yoki olimni ko‘nglini ranjitgani uchun shu kasallikka uchragan. Yetim bilan olimning ko‘nglini Allohning O‘zi nazorat qiladi. Agar birov ularni ranjitsa, Alloh ranjitgan odamdan g‘azab qiladi. Men ularga dori ichishdan oldin tavba qilishni tavsiya qilgan edim», dedim. U: “Bu kishi mana shu dardga chalingunga qadar katta olimni ustidan kulib, masxara qilib yurardi”, dedi”.

Shunday ekan, inson olim va fozillar haqida gapirishdan, ularni tahqirlashda oldin oxiratini o‘ylasin!

Alloh barchamizni ilm va ulamolarni yaxshi ko‘radigan solih bandalaridan qilsin!

      Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218689
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98125
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47149
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45573
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24740
  • 19196
  • 12927
  • 15932