Ikki duo ijobati
24.7.2017 8713

Kecha bir voqeaga guvoh bo‘ldim. Doim duoda holis bo‘ling, albatta, bir kun Alloh taolo ijobat qiladi. Kecha peshin namozini, bir oz olisroq bo‘lsa-da, o‘zim faoliyat yuritadigan Ko‘kchada ado etgim kelaverdi. Yon atrofda boshqa masjidlar bor, lekin nimagadur Ko‘kchaga borgim keldi.

Peshin namozini o‘qib, masjiddan chiqishda Alloh uchun do‘stlashgan do‘stimiz Farg‘onaning Marg‘ilon shahridan kelgan Haydar aka bilan ko‘rishdik. Salom berib, o‘zimni tanitishim bilan meni bag‘rilariga bosdilar. (Ko‘zlari ojiz) Yig‘lab, quchoqlab, Allohga beto‘xtov hamd aytib, “Alloh duoyimni ijobat qildi, Alloh duoyimni ijobat qildi”, dedilar. So‘rab bilsam, Toshkentga davolanish uchun kelgan ekanlar. Shanba kuni ketishlari kerak ekan, biroq ayrim sabablarga ko‘ra, dushanbaga qoldirilgan ekan.

Azizlar, hech narsa behikmat bo‘lmaydi, biz yakshanbada ko‘rishdik. Bu birinchi duoning ijobati edi.
Shundan so‘ng birga tushlik qilib, ancha suhbatlashdik. Suhbat davomida ustozimiz Rahmatilla Obidov haqida gap boshlab qoldilar. 2010 yili Toshkentga kelganlarida Ko‘kchada ularning mav’izalarini tinglaganlari va namozdan so‘ng, ustoz bilan ko‘rishganliklarini, bir necha yil “Mash’al” radiosi (hozirgi “Mahalla”)dan “Ramazon suhbatlari” hamda “Payg‘ambarlar qissalari”ni tinglab, ashaddiy muxlis bo‘lganliklarini aytdilar.

Suhbatimiz davomida “Alloh qorakam bilan ko‘rishtirishini so‘rab duodaman”, dedilar. Shu zahoti men ustozni oilalariga musibat tushganini, farzandlari Karimulloh qorining vafot etganini, va bugun uchinchi kuni fotiha hali tugamaganini aytim. Shunda borib ta’ziya bildirishni va ustozdan duo olib, haqqilariga duo qilish taklifini berdilar.

Biz birga ustozni uylariga bordik. Haydar aka tilovat qilib, marxumni haqqiga duo qildilar. Mexmonimizni Ustozni o‘g‘illari Shukrullo aka bilan tanishtirib, Farg‘onadan kelganliklarini va ustoz bilan anchadan beri ko‘rishishni niyat qilishlarini aytdim. Bizni ustozni xonalariga boshlashdi. Haydar aka ustozni bag‘rilariga bosib ko‘rishar ekanlar, qayta-qayta Allohga hamd aytdilar. Ustozga ta’ziya bildirib, farg‘onalik ashaddiy muxlisi ekanliklarini bildirdilar va “Mana, bugun yetti yildan beri qilgan duoyimni ijobatini ko‘rdim, ustoz bilan ko‘rishish baxtini so‘rovdim, uylarida o‘tirib bir piyola choy ichib, qo‘llaridan taomlanish baxti ham nasib etdi”, dedilar. Bu ikkinchi duo ijobati edi.

Suhbat so‘ngida Haydar akaga “Siz musofirsiz, ustozni haqqilariga duo qiling”, dedim. Haydar aka qo‘llarini duoga ochib, Allohga hamd aytib, rasulullohga uzundan uzun salovat aytib, duoni boshladilar: “Yo Robbi Jannatda ham ustoz bilan birga, aniq bir-birimizni ko‘rib, xuddi hozirgidek ustozni qo‘llaridan jannat taomlarida tanovul qilib, so‘ng ustoz boshchiliklarida suyukli habibimiz Rasululloh sallalohu alayhi vasallamni huzurlariga borib, ularni ko‘rmoq va suhbatlashmoq baxtini nasib et. Mana, bugun Robbim yetti yillik duoyimni ijobatini ko‘rdim. Tez kunda kelasi gal Toshkentga kelganimda, ustozni masjid minbaridagi mav’izalarini tinglab, orqalarida namozda some bo‘lmoqlik baxtini nasib et”, dedilar. Biz xonadagi qolganlar ko‘zda yoshimiz bilan “Omiyn” deyishdan to‘xtamas edik...

Aziz qadrdonlarim! Uchinchi duoning ijobati o‘laroq, namozlarimizda ustozni tez orada tuzalib, birgalikda mav’izalaridan baxramand bo‘lish, Haydar aka bilan bir safda ustozni orqalarida some bo‘lish baxtini so‘rab, duo qilaylik!

JAMShID NAZAROV.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218737
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98138
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47158
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45605
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24741
  • 19201
  • 12929
  • 15934