IYDNING O‘N ODOBI
29.8.2017 4126


«Iyd» so‘zi «qaytish» ma’nosini bildiradi. Bayramlar qayta-qayta kelgani uchun «iyd» deb nomlangan. Eng muhimi, iyd kunlari Alloh taoloning ko‘plab xayru barakasi mo‘min-musulmonlarga qayta-qayta keladi.

Iyd namoziga chiquvchi har bir musulmon quyidagi odoblarga rioya qilishi lozim.

1. Qurbonlik go‘shtidan yeyishni niyat qilib ovqat yemasdan chiqish

عَنْ أَنَسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ رَسُولُ صَلَى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لاَ يَطْعَمُ يَوْمَ اْلأَضْحَى حَتَّى يُصَلِّيَ.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Qurbon hayiti kuni namozni o‘qib bo‘lmaguncha taom yemas edilar», deyilgan.

2. Misvok.

Har bir namoz uchun misvok qilish marg‘ub bo‘lganidek, Qurbon hayitidan oldin ham misvok qilish marg‘ubdir.

3. Fusl qilish.

عَنِ الْفَاكِهِ بْنِ سَعْدٍ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَغْتَسِلُ يَوْمَ الْفِطْرِ وَيَوْمَ النَّحْرِ وَيَوْمَ عَرَفَةَ. رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ.

Fokih ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qili-nadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fitr, al-Azho va Arafa kunlari g‘usl qilar edilar».
Ibn Moja rivoyat qilgan.

4. Xushbo‘ylik surtish.

Kishilar ko‘p to‘planadigan joylarga xushbo‘y narsa surtib borish mandub bo‘lgani uchun, iyd kuni xushbo‘y surtiladi.

5. Eng yaxshi kiyimlarini kiyish.

رَوَى ابْنُ مَاجَهْ مِنْ حَدِيثِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ: أَنَّهُ كَانَ صَلَى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَلْبِسُ فِي الْعِيدَيْنِ بُرْدَةً حِبَرَةً.

Imom Ibn Moja Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki iydda hibara chopon kiyar edilar».
« Hibara» – Yamanning mashhur kiyimi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam jum’a va iyd uchun alohida yaxshi kiyim kiyishlari ma’lum va mash-hur.

6. Ikki iyd kechalarini ibodat ila o‘tkazish.

Bunda kechaning hammasini yoki oxirgi uchdan birini zikr, namoz, Qur’on tilovati, takbir, tasbih, istig‘for bilan o‘tkaziladi.

عَنِ النَّبِيِّ صَلَى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَحْيَا لَيْلَةَ الْفِطْرِ وَلَيْلَةَ اْلأَضْحَى لَمْ يَمُتْ قَلْبُهُ يَوْمَ تَمُوتُ الْقُلُوبُ قَالَ: رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ عَنْ عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim Fitr kechasini va al-Azho kechasini savob umidida bedor o‘tkazsa, qalblar o‘ladigan kunda uning qalbi o‘lmas», – dedilar».
Imom Tobaroniy Uboda ibn Somitdan rivoyat qilgan.
Ikki iyd kechasida duo mustajobdir. Shuning uchun, ertaga iyd, degan kechada ko‘p duo qilishga harakatda bo‘lish zarur.

7. Muqtadiy kishilar iyd namoziga ertaroq, piyoda, viqor bilan, takbir aytgan hollarida boradilar. Namozga qancha ko‘p intizor bo‘linsa, savobi shuncha ko‘p bo‘ladi.

عَنْ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: مِنْ السُّنَّةِ أَنْ تَخْرُجَ إِلَى الْعِيدِ مَاشِيًا. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ.

Imom Termiziy qilgan rivoyatda hazrati Ali roziyallohu anhu:
«Iydga piyoda chiqish sunnatdir», deganlar.
Imom iydga namozga yetib boradigan bo‘lib chiqishi sunnatdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam doimo shundoq qilganlar.

8. Ahli ayolga kengchilik va serobchilikka sharoit yaratish. Nafl sadaqadalarni, imkoniga qarab, odatdagidan ko‘proq qilish.

9. Ko‘ringan har bir musulmonga xursandchilik va shodlik izhor qilish. Yaqin kishilarni, yoru do‘st va ahboblarni ziyorat qilish.

10. Qurbonlik qilishga qodir kishi qurbonlik qilib, muhtoj va miskinlarga ham ehson qilib, ular ham bayram qilishiga imkoniyat yaratib berish.

Alloh barchamizga kelayotgan Qurbon hayitini muborak aylasin!

 

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218892
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47189
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45656
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24754
  • 19219
  • 12938
  • 15949