GUNOH VA MA’SIYaT IYMONNI ZAIFLAShTIRADI
28.10.2017 5038

Iymonli inson katta gunohni sodir etganda o‘zini qo‘yarga joy topa olmaydi. Siqiladi, qiynaladi, yig‘laydi. Chunki uning qalbida iymon bor. Vaqt o‘tib, o‘sha gunohni ikkinchi marta qilganda, oldingidek yana vijdon azobi uni qiynaydi. Lekin birinchi martadagiga nisbatan pushaymon bo‘lish hissi susayadi. Vaqt o‘tib, uchinchi marta o‘sha gunohga qo‘l ursa, endi biroz mahzun bo‘ladi-yu, tavba qilaman-da, deb o‘zini ovutadi.

 

Vaqt o‘tib to‘rtinchi, beshinchi marta o‘sha gunohga qadam qo‘ysa, biroz ko‘ngli hira bo‘ladi-yu, yana hech nima qilmagandek, xursand, kulib yuraveradi. Endi u uchun boshida sodir etgani uchun o‘zini qo‘yarga joy topa olmaydigan darajadagi katta gunoh, oddiy odatga aylandi. Oltinchi marta u gunohni qilganda esa qalbida zarracha pushaymonlikni his qilmaydi. Bu uning iymon nuri so‘nib, zaiflashib qoldi, degani.

 

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218885
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98165
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47181
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45641
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24750
  • 19218
  • 12937
  • 15947