Farzandingizga 3 ta sifatni singdiring
19.4.2017 4754

1. Ishonch.
Insonning ichki kuchi o‘ziga va o‘z kuchiga ishonch ko‘magi bilan yanada ortadi. Farzandingizga diniga, e’tiqodiga va o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni singdiring-ki, burchlariga sadoqatli bo‘ladi. Allohning buyurganlarini hech bir ishtiboh va gumonlarsiz, ishonch bilan ado etadi. Buning uchun esa bu sifatlar o‘zimizda bo‘lishi kerak. Farzandlar bizdan o‘rnak oladi.

 

2. Javobgarlik.
O‘z xatolari uchun boshqalarni ayblash – bu baxtsiz hayotga to‘g‘ri yo‘l, demak. Ota-onaning asosiy burchlaridan biri bolalikdan farzandlaga shaxsiy javobgarlik hislatini singdirishdir. O‘z amallariga nisbatan javobgarlikning singdirilishi uni jasoratga va mustaqil shaxs bo‘lishga undaydi. Dastlabki, paytlardanoq kichik muammolarni o‘zi hal qilishga o‘rgatib borish joiz.

 

3. Nekbinlik (Optimizm)
Alloh Taolo (qudsiy hadisda) shunday marhamat qiladi: “Meni bandam qanday gumon qilsa, Men shundayman. Meni zikr qilganida, u bilan birgaman. Agar yolg‘iz o‘zi zikr qilsa, Men ham O‘zim zikr qilaman. Agar Meni jamoat orasida zikr qilsa, Men uning jamoatidan ham yaxshiroq guruh orasida zikr qilaman. Agar banda Menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir gaz yaqinlashaman. Agar Menga bir gaz yaqinlashsa, Men unga bir quloch yaqinlashaman. Agar u Menga yurib kelsa, Men unga yugurib boraman.
(Ya’ni, bandam turli ibodat va yaxshiliklar bilan yaqin bo‘lsa, Men undan ham ziyoda inoyat va karamlarim bilan mehribonlik qilaman)”. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

 

Ko‘rinib turibdiki, doim yaxshilikni o‘ylash, ishonch, umidvorlik va Haqga muhabbat – inson hayotini sururga to‘ldiradi. Inson o‘z fikrlari bilan tuyg‘ularni va emotsional holatlarni nazorat qiladi. Shuning uchun bolalarga yaxshi narsalarni o‘ylash, ezgu orzu-niyatlar qilish va yomon o‘y-fikrlardan yiroq bo‘lishga o‘rgatish juda muhim.

 

Alloh Qur’oni karimda bir necha bor biz Undan faqat yaxshiliklarni kutishimiz va O‘zidan umid bilan so‘rashimiz haqida buyurgan. Shu uchun banda xattoki qilgan gunohlarini kechirishini astoydil so‘rasa, najot topishi aytiladi.

 

Manba:Islam-today

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217645
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24649
  • 19111
  • 12864
  • 15847