Duoim qabul bo‘lsin desangiz
23.7.2017 3588

«Yerni (Alloh xayrli ishlarga) yaroqli qilib qo‘ygandan keyin (unda)buzg‘unchilik qilmangiz! Unga (Allohga) ham qo‘rqinch va ham umid bilan duo qilingiz! Allohning rahmati ezgu ish qiluvchilarga yaqindir»(A’rof, 56).

 

Ibrohim Adham rahmatullohi alayhidan so‘radilar: “Biz uzoq vaqtdan beri duo qilyapmizu lekin qabul bo‘lmayapti, nima qilaylik?”

 

 Shunda Ibrohim Adham rahmatullohi alayhi: “Qalblaringiz 10 ta narsa tufayli o‘lgan”, deb javob berdi:

  • Allohni tanidingiz, lekin amrlarini bajarmaysiz, qaytariqlaridan qaytmaysiz.
  • Allohning Kalomi – Qur’oni karimni o‘qiysiz, lekin unga amal qilmaysiz.
  • Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ni yaxshi ko‘raman deysiz-u, sunnatlariga amal qilmaysiz.
  • Shaytonning dushmanligini bilasiz-u, ammo uning do‘stiga aylangansiz.
  • Jannatni yaxshi ko‘rasiz-u, ammo unga olib boradigan amallarni qilmaysiz.
  • Do‘zaxdan qo‘rqaman deysiz-u, undan qochishning harakatini qilmaysiz.
  • O‘lim haq deysiz-u, unga tayyorgarlik ko‘rmaysiz.
  • Birovlarning aybini qidirasiz-u, o‘z ayblaringizni o‘ylamaysiz.
  • Robbingiz ne’matlaridan bahramand bo‘lyapsiz-u, shukr qilmayapsiz.
  • O‘liklaringizni dafn qilyapsiz-u, ulardan ibrat olmayapsiz.

 

 

Manba:muslim.uz

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217445
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24633
  • 19094
  • 12852
  • 15833