Doimiy charchoqning 5 sababi
24.4.2017 7600



   Doimiy charchash alomati, bu inson organizmga bog‘liq holat. Agar siz hech qanday og‘ir ish qilmay turib ham charchab qolayotgan bo‘lsangiz, bu fikr yanada to‘g‘ri. Ko‘p hollarda buning sababi turmush tarzimizdagi ma’lum omillarga borib taqaladi. Quyida doimiy charchoqning asosiy sabablari va bardamlik uchun ba’zi tavsiyalar bilan tanishing.

 

1. Shirinlikni ko‘p iste’mol qilish.

 

   Uglevodlar – energiyaning tezkor manbai. Ularning haddan ortiq darajada iste’mol qilinishi tanani charchatadi. Chunki shirinlik iste’mol qilinganda, qonda qand miqdori oshadi. Shu paytda oshqozonosti bezlari uning miqdorini mo‘’tadillashtirish va gomeostaz himoyasi uchun insulin ishlab chiqaradi. O‘z navbatida bu tanada holsizlik keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham shirinlik iste’molini kamaytirib, ularni foydali mahsulotlarga almashtirish (masalan quritilgan yoki xo‘l mevalarga) tavsiya qilinadi.

 

2. Kamharakatlik.

 

    Kamharatlik bugungi davrning eng katta muammolaridan biri. Aksariyat odamlar yumushlarini texnika ko‘magida osongina amalga oshirayotgani sababli jismoniy faollik susayib bormoqda. Bu, albatta, organizmga salbiy ta’sir qilib, ma’lum kasalliklarga sabab bo‘lmay qolmaydi. Kamharakatlik doimiy charchoqqa sabab bo‘ladigan muhim omillardan biri. Shu bois, siz hech bo‘lmaganda, 10-15 daqiqa piyoda yurishni kun tartibiga kiriting.

 

3. Uyquning kamligi.

 

    Uyqu – organizmda tiklanish va dam olish jarayoni kechadigan muhim palla. Shundan kelib chiqilsa, kam uyqulik tananing yetarli miqdorda energiya yig‘ib olishiga monelik qiladi. Organizmning kun davomida tetik va bardam bo‘lishi uchun esa odam sutkasiga 7-8 soat uxlashi talab etiladi.

 

4. Kaloriya yetishmasligi.

 

  Organizmdagi kalloriyaning kamligi ham tabiiy ravishda charchoqni keltirib chiqaradi. Kalloriyada kun davomidagi harakatlarimiz asosiy bo‘lmish energiya mavjud. Ma’lumotlarga ko‘ra, inson organizmiga kun davomidagi normal harakat uchun 1200 kalloriya zarur. Shuning uchun kalloriyaga boy mahsulotlar iste’moliga ham alohida ahamiyat qaratish lozim.

 

5. Suv iste’molining kamligi.

 

    Organizmda kechadigan ko‘plab biokimyoviy reaksiyalar uchun suv talab etiladi. Xatto organizmda kunlik suv normasi kam bo‘lsa, bu darhol seziladi. Suv yetishmasligi qonni quyultiradi va yurakning samarali ishlashiga ta’sir qiladi, charchoqni keltirib chiqaradi. Ma’lumot uchun aytish kerakki, organizm uchun kunlik suv normasi (kattalar uchun) 2 litrdir.

        Muslim Mirzajonov tayyorladi.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218650
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98121
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47145
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45565
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24739
  • 19196
  • 12927
  • 15932