“Qasamki, agar shukr Qilsangiz, albatta, sizga ziyoda Qilurman”
14.10.2017 7726

Alloh taolo oyati karimada marhamat qiladiki:

فَكُلُوا مِمَّا رَزَقَكُمْ اللَّهُ حَلالاً طَيِّباً وَاشْكُرُوا نِعْمَةَ اللَّهِ إِنْ كُنْتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ[1]

“Bas, Alloh sizga rizq qilib bergan narsalardan halol-pok holida yeng. Va agar unga ibodat qiladigan bo‘lsangiz, Allohning ne’matiga shukr qiling”.

Albatta Allohning ne’matlariga shukr qilsak, Qur’oni karimda: لَئِنْ شَكَرْتُمْ لأَزِيدَنَّكُمْ : “Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman”, deb va’da qilganidek,  yana ham ziyoda qilib beradi. Va agar ne’matlariga shukr qilmasdan buyruqlarini bajarmay, qaytariqlaridan qaytmasak, oyatning davomida marhamat qiladiki: Agar kufr keltirsangiz, albatta, azobim shiddatlidir”.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar.  

 

مَا أَنْعَمَ ﺍﷲ عَلىَ عَبْدٍ مِنْ نِعْمَةٍ صَغُرَتْ اَوْ كَبُرَتْ فَقَالَ الْحَمْدُ للهِ إِلاَّ كَانَ قَدْ أُعْطِىَ أَفْضَلَ مِمِّا أَخَذَ "( رواه الحاكم و ابن ماجه

ya’ni: “Alloh taolo bandaga kattami-kichikmi bir ne’mat bersa, banda uning shukronasi uchun “Allohga hamd bo‘lsin” desa, shunda u o‘sha ne’matdan ham afzalroq narsaga erishgan bo‘ladi”, deganlar.

 

 Ne’matlarga shukr qilish ikki xil bo‘ladi: ma’naviy va amaliy.

Ma’naviy shukr: Alloh taologa tasbeh, hamd, takbir aytib, uni ulug‘lashimiz, maqtashimiz va tashakkurlar aytish bilan bo‘ladi.

Amaliy shukr: Allohning bergan ne’matlarini isrof qilmay, uning buyurganidek sarf qilishimizdir. Yana berayotgan ne’matlariga shukr qilish, uning aytganlariga amal qilib, qaytarganlaridan tiyilish bilan bo‘ladi.

Alloh insonlarni va jinlarni faqat o‘ziga ibodat qilish uchungina yaratdi. Yer yuzida isrofgarchilik, buzg‘unchilik, takabburlik va isyon qilish uchun yaratmadi.  Alloh taolo oyati karimada marhamat qilib aytadiki: [2]وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالإِنسَ إِلاَّ لِيَعْبُدُونِ“Inson va Jinni faqt o‘zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim”.

Alloh taoloning berayotgan mo‘l-ko‘lchiliklariga ma’naviy shukr qilish, uni bergani uchun unga hamdlar aytish va uni barcha aybu nuqsonlardan poklab yodga olishimiz bilan bo‘ladi.

Amaliy shukr qilish esa: avvalo uni zakotini, ushurini haqlik bo‘lgan joylarga berish, har bir harakatini Alloh uchun qilish, hosillarni yig‘ib terish davomida Allohga hamdlar aytib, harom aralashib qolishidan panoh so‘rab duolar qilish zarur. Oxirida olingan foydalardan qarindosh – urug‘, kambag‘al, yetim-yesir va qo‘ni-qo‘shnilarga ham nasibalar ulashishni unutmaslik kerak. Bu Allohning ne’matlariga shukr qilishning zng oliy darajasidir. Chunki Alloh taolo oyati karimada:

وَاعْبُدُوا اللَّهَ وَلا تُشْرِكُوا بِهِ شَيْئاً وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَاناً وَبِذِي الْقُرْبَى وَالْيَتَامَى وَالْمَسَاكِينِ وَالْمَسَاكِينِ وَالْجَارِ ذِي الْقُرْبَى وَالْجَارِ الْجُنُبِ وَالصَّاحِبِ بِالْجَنْبِ وَابْنِ السَّبِيلِ وَمَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُم[3]ْ

“Va Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani shirk keltirmanglar. Ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin qo‘shnilarga, yon qo‘shnilarga, yonboshdagi sohiblarga, ko‘chada qolganlarga va qo‘lingizda mulk bo‘lganlarga yaxshilik qilinglar...”, deb marhamat qilgan.

Emin-erkin ibodat qilishimizdek oliy ne’matga amaliy shukrimiz: Allohga ko‘proq ibodat qilish, vaqtimizni g‘iybat, bo‘hton va behuda o‘yin kulgularga sarflamay, vaqtimizni g‘animat bilib, o‘zimiz, ayollarimiz hamda farzandlarimiz ko‘proq ilm o‘rganib, dinimiz, halqimiz va vatanimizga uning tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida sarflashimiz lozim. Alloh diyorimizni ko‘rinar-ko‘rinmas balolardan o‘z himoyasida saqlasin.

Tavakkal Kenjayev,

Toshkent shahar Shayhontohur tumani

“Eshon Boboxon” jome masjidi imom xatibi

[1] Nahl surasi 114-oyat.

[2] Zariyat surasi  56-oyat.

[3] Niso surasi 36-oyat.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217549
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24638
  • 19099
  • 12859
  • 15840