Asalning yangi aniqlangan mo‘’jizakor xususiyatlari
26.9.2017 4925

Ma’lumki, asal qator shifobaxsh xossalarga ega.
Asal mumi – bu biologik faol modda bo‘lib, yuqori darajadagi bakteriyalardan xalos etish faolligiga ega. Uni, xususan asal bilan aralashmasini, ko‘pdan beri tibbiyotda qo‘llab kelinadi.

U shuningdek, dori-darmonlar tarkibiga asosiy vosita sifatida qo‘shiladi. Asal mumi shifobaxsh kremlar, svechalar, plastirlar tayyorlashda ularning tarkibiga qo‘shiladi.

1. Jarohatlarni davolash maqsadida malham tayyorlash.

Past olovda yarim stakan zaytun yog‘i va 50 g asal mumini qaynatiladi. Hosil bo‘lgan malham sovutilib, shisha bankaga solib, muzlatgichda saqlanadi.

Malhamdan foydalanish usuli: jarohatni 3% perekis vodorod aralashmasi bilan yuvib, so‘ng jarohatga tayyorlangan malham qo‘yilib, doka bilan bog‘lanadi.

2. Qadoqlardan xalos bo‘lish uchun malham tayyorlash.

50 g propolis, 30 g asal mumi va bir dona limon sharbati aralashtiriladi. Past olovda asal mumi to‘liq erigungacha qizdiriladi. Hosil bo‘lgan malham sovutilib, shisha bankaga solib, muzlatgichda saqlanadi. Malham kuniga qadoq joyiga surtilib, ustidan leykoplastir bilan mahkamlanadi. Bir necha kun bu muolaja takrorlanib, endi qadoqli joy choy sodasining 2% li qaynoq eritmasida yumshatiladi.

Shundan so‘ng qadoqni ko‘chirib tashlash mumkin.

3.Asal mumini davolanish maqsadida shamollashda, gaymoritda, nafas qisishi (astma)da chaynab yurish mumkin. Asal mumidan yarim choy qoshig‘idagi miqdorda har soatda 15 minutdan
chaynash tavsiya etiladi. Asal mumi chaynab bo‘lingach, qolgan po‘chog‘i tuflab tashlanadi.

 

Jaloliddin Nuriddinov

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217173
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24613
  • 19073
  • 12843
  • 15819