HASAD TURLARI
6.11.2017 4705

Ulamolar aytishicha, hasad asosan uch xil bo‘ladi:

Birinchisi – Alloh bandasiga ne’mat berishini yoqtirmaslik va uning yo‘q bo‘lib ketishini xohlash.

Ikkinchisi – ne’matning yo‘q bo‘lishini istamaslik, biroq Alloh bandaga ne’mat ato etishini xush ko‘rmaslik. Bunday odam “raqibi”ning olim emas johil, boy emas kambag‘al, kuchli emas zaif holida qolishini istaydi. Bunga sabab uning Allohdan uzoqligi, johilligi va din-diyonatdan bexabarligidir. U ne’matning zavolini istamagani bilan birovlarning eski holicha ayb-nuqsonli bo‘lib qolishini xohlaydi. Buyam qoralangan hasaddir. Chunki u Allohning ne’matini yoqtirmayapti, uning taqdiriga qarshi chiqmoqda.

Uchinchi – g‘ibto hasadi, ya’ni havas qilish. Havas qilgan odam xuddi birodaridagi kabi ne’matga erishishni orzu qiladi, uning yo‘q bo‘lishini tilamaydi. Buning hechqisi yo‘q. Havas qilgan inson qoralanmaydi, bu ishning aybi yo‘q. Balki bu solih amallarda musobaqa qilishga yaqin bir holatdir.

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Faqat ikki kishiga havas qilinadi: (Birinchisi shunday) kishiki, Alloh unga mol-dunyo beradi va u boyligini haq yo‘lda sarflaydi. (Ikkinchisi shunday) kishiki, Alloh unga hikmat ato etadi va u o‘sha bilan hukm qiladi, uni (boshqalarga) o‘rgatadi” (Buxoriy, Muslim va Ibn Moja rivoyat qilgan).

O‘zgalarga havas qilgan odam ulardagi yaxshi xislatlarni o‘zlashtirishga harakat qiladi, ularga ato etilgan ne’matlarning o‘ziga ham berilishini Allohdan so‘raydi, bu yo‘lda harakat qiladi. Shu bilan yaxshilik yo‘lida bo‘ladi, ezgulikka intilib yashaydi.

Ulamolar shunday kelib chiqib, hasadni ikki turga bo‘lishgan:

Birovga nasib etgan biron muvaffaqiyatni ko‘ra olmasdan, unga g‘ayirlik qilish, qo‘lidagi ne’matdan ayrilib qolishini ich-ichidan xohlash qoralangan hasaddir. Qur’oni karim va hadisi shariflarda hasadning bu turidan qaytarilgan. Zero, bunday illat odamni yomon yo‘llarga boshlaydi. Qalbida hasad illati bor kimsa harom yo‘llar bilan birovga ziyon yetkazishga, shu bilan “alami”dan chiqishga harakat qiladi. Kimdir birovning hashamatli imoratiga yomon ko‘z bilan qaraydi, yana kimdir og‘aynisining chiroyli xotiniga ko‘z olaytiradi, uni taloq qilishini, haligi ayolni o‘ziniki qilib olishni istaydi. Yoki mansab kursisiga o‘tirgan rahbarni qo‘l ostidagilar ichidan ba’zilar ko‘rolmaydi, uning har bir ishidan, aytgan gapidan xato topadi, ostiga suv quyish payida bo‘ladi.

Hasadchilar ichida shunday toifalar ham bor. Ular birovga nasib etgan yutuqlarning o‘zida ham bo‘lishini istaydi. Agar shunday muvaffaqiyatga erisholmasa, haligi odam qo‘lidagi ne’matning yo‘q bo‘lishini istaydi. Shu bilan orada tafovut bo‘lmasligini, ikkisi bir xil holatda, bir xil maqomda bo‘lishini “ta’minlaydi”.

Maqtalgan hasad tilimizda havas deyiladi. Havas birovning yutug‘iga yaxshi ko‘z bilan qarash, uningdek muvaffaqiyatlarga erishish istagida bo‘lish, o‘zgalarga g‘ayrlik qilmaslikdir. Bunday odam yaxshilik tarafdori bo‘ladi, ezgulikka erishishni istaydi.

 

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining “Ezgulik kushandasi” kitobidan

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218889
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98165
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47187
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45652
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24752
  • 19218
  • 12938
  • 15948