Amalimiz kim uchun?
15.4.2017 4471

   Ba’zida turli kasb sohalarining o‘zlariga yuklatilgan ishlarini yuzaki, nomiga «Mendan ketguncha egasiga yetguncha» qabilida qilishlarini ko‘rib ajablanaman. Axir shu kasbi orqali topgan pulini bolalariga borib yediradi-ku! Nahot inson shuni o‘ylab ko‘rmasa? Agar kim va qanday soha vakili bo‘lishidan qat’iy nazar, «Alloh meni ko‘rib turibdi», deb o‘z ishini qilsa, o‘sha yurt gullab yashnaydi va barakaga to‘ladi.

 

Alloh Qur’onda amallarimiz kim uchun qilinishini bayon qilib shunday degan:

     

          قُلْ إِنَّ صَلَاتِي وَنُسُكِي وَمَحْيَايَ وَمَمَاتِي لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ (162) لَا شَرِيكَ لَهُ وَبِذَلِكَ أُمِرْتُ وَأَنَا أَوَّلُ الْمُسْلِمِينَ

 

«Ayting: «Albatta, namozim, ibodatim va hayotu mamotim olamlar Rabbi bo‘lmish Alloh uchundir.

Unga (hech qanday) sherik yo‘qdir. Mana shu (aqida)ga buyurilganman va men (Allohning buyruqlariga) taslim etuvchilarning avvaliman» (An’om 162,163).

 

 Azizlar oyatdagi «Lillahi» ya’ni «Alloh uchun» degan so‘z har bir mo‘mining shiori bo‘lishi kerak!
Mana shu so‘z aqidamiz, shiorimiz bo‘lmas ekan qilgan amalimiz o‘zimizni charchatishdan boshqa narsa emas. Alloh oyatda amalini riyo qiladigan, minnat qiladigan odamlar haqida nima dedi:

 

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تُبْطِلُوا صَدَقَاتِكُمْ بِالْمَنِّ وَالْأَذَى كَالَّذِي يُنْفِقُ مَالَهُ رِئَاءَ النَّاسِ وَلَا يُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ فَمَثَلُهُ كَمَثَلِ صَفْوَانٍ عَلَيْهِ تُرَابٌ فَأَصَابَهُ وَابِلٌ فَتَرَكَهُ صَلْدًا لَا يَقْدِرُونَ عَلَى شَيْءٍ مِمَّا كَسَبُوا وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الْكَافِرِينَ

 

«Ey, imon keltirganlar! Molini odamlar ko‘rsin deb beradigan, Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsaga o‘xshab, (bergan) sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang!* U (riyokor) ustini tuproq qoplagan silliq qoyaga o‘xshaydi; ustiga jala yoqqanda, (tuproq yuvilib,) sip-silliq toshning o‘zini qoldiradi. Ular topgan (va sarflagan) boyliklaridan hech narsaga ega bo‘la olmaydilar. Zotan, Alloh kofirlar qavmini hidoyat sari yo‘llamagay».

 

Oyatdagi riyokorning amalini qarang, Alloh qanday tashbeh qilayapti.

 

   Bir tosh ustiga tuproq to‘da bo‘lishi uchun oylab, chang ko‘tarilishi kerak bo‘ladi. Misol uchun bir yil mobaynida to‘xtovsiz chang bo‘lib tursa, o‘sha gardlar yig‘ilib, tuproq ko‘rinishini oladi. Endi bir marta yomg‘ir yog‘sa, o‘sha tosh ustidagi hamma tuproqni yuvib yana silliq tosh ko‘rinishi paydo bo‘lib qoladi. Bir oy ikki oy esgan chang to‘zonning amalidan asar ham qolmadi.
Amallar ham shunday, oylab, xayri ehson qildingiz. Oylab ro‘za tutdingiz, agar shu ishingizga riyo yoki minnat aralashib qolsa, shuncha mehnatingiz yo‘q bo‘lib, qilgan amalingiz habata bo‘ladi, deyilmoqda.

 

 Shuning uchun salafu solihlar amallarini hech kimga ko‘rsatmaslikka harakat qilar edilar:
Abdurrahmon ibn Abu Laylo rahmatullohi alayh – bu kishi Abu Hanifa rahmatullohi alayhning zamondoshlari. Uylarida nafl namoz o‘qir edilar. Agar birov kelib qolsa, o‘zlarini uxlaganga solar, kelgan odam: «Qachon kelsam, bu uyquda», deb qaytib ketar edi. Mana ixlos.

 

 Alloh barcha soha vakillariga amallariga ixlos bilan yondoshib, Alloh ko‘rib turibdi, degan e’tiqod bilan zimmalaridagi mas’uliyatni bajarishni nasib aylasin!

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217686
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24655
  • 19112
  • 12865
  • 15848