Amalimiz xolis bo‘lsa, ajru-mukofot bor
8.9.2017 3511

   Yaqinda kam ta’minlangan oilada voyaga yetgan bir qizning Toshkent shahridagi katta bir to‘yxonada nikoh oshi bo‘ldi. Kamina ham o‘sha nikoh-valiymasi marosimida qatnashib, yig‘ilgan mehmonlarga ma’ruza kilib berdim. Marosim so‘ngida qo‘limga bir kog‘oz berishdi va “Qori aka, mana shu ro‘yxatda ushbu marosimga xizmati singgan kishilarni, ya’ni xomiylarning nomi yozilgan. Xolis duo kilib qo‘ysangiz.

   Chunki bulardan kimdir sarpo-surug‘larni va yana kimdir xofizlarni va hakazo.... xarajatlarni ko‘tarishdi”, dedi. Maktubdagi kishilarni nomini o‘qib, duo qildik. Duo tugashi bilan bir yigit oldimizga kelib: “Qori aka, nega mening nomimni o‘qimadingiz?”, dedi.

   Men u kishini ismini so‘radim va ro‘yxatga bir nazar solsam, uning nomi yo‘q ekan. Men unga “Nomingiz yo‘q ekan”, desam, xayron bo‘lib o‘zi ham qog‘ozga qaradi, nomi yo‘qligini bilib, g‘azablandi. Men “Tinchlikmi, nega xafa bo‘lyapsiz”, desam “Qori aka, bu yig‘inda asosiy xizmatni men qilganman. Ya’ni kelinni mebelini men obergandim. Ammo duoga meni qo‘shishmapti. Men hali nomimni qo‘shmaganlarni topaman”, deb hatto so‘kinib, qaytib ketdi....

Xulosa: Qani, bu yerda xolislik?

Qani, Alloh uchun yaxshilik qilish?

Axir Rosululloh sallollohu alayhi vasallam "Amallar niyatga bog‘liqdir”, deganlar.
Toki, amalimiz xolis bo‘lmas ekan, Yaratgan huzurida ajr-mukofot ololmaymiz...

 

         Dilshod Umurtoyev

Yahyo qori jome masjidi imom-xatibi

 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218892
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47189
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45656
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24754
  • 19219
  • 12938
  • 15949