Alaq surasida miyaning assotsiativ qismiga ishora bor
12.11.2016 6551

    Yaqinda o‘tkazilgan tibbiy tadqiqotlardan birida ajoyib bir ilmiy xulosaga kelindi. Inson kalla suyagining oldingi, peshana qismida miyaning ma’lum bir faoliyatini boshqarib turuvchi markaz borligi ayon bo‘ldi. Bu markaz motivatsiya, harakat va amallarni rejalashtirish, insonning yaxshi va yomon amallarni rejalashtirishi va anglashi, rost va yolg‘on so‘zlashni aytishi kabi funksiyalarni boshqaradi. Kallaning old qismida, peshanada joylashgan bu markaz miyaning assotsiativ qismi deb ataladi.
   Kallaning ushbu qismi bajaradigan funksiyalar yuzasidan olib borilgan fiziologik tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar “Anatomiya va psixologiya asoslari” deb nomlangan ilmiy asarda shunday bayon qilingan:
   "Aftidan, miyaning old, peshana qismi harakat funksiyalari bilan bir qatorda, tajovuzkorlik hissining funksional markazi bo‘lishi ham mumkin. Miyaning ushbu qismi va uning funksiyalari haqidagi ma’lumotlar bilan o‘n to‘rt asr muqaddam nozil bo‘lgan Qur’oni Karimdagi bir necha oyatlardagi so‘zlar orasida kuchli o‘xshashlik bor. Zamonaviy tibbiyot olimlari bu ma’lumotlarni faqat so‘nggi 60 yil ichida kashf qilib, mantiqiy asoslab bera oldilar".

     Oyati karimada shunday deyilgan: 

Yo‘q! Qasamki, agar u (bunday gumrohlikdan) to‘xtamasa, albatta biz uni peshona sochidan — o‘sha yolg‘onchi, adashgan peshona sochidan tutarmiz-da (jahannamga oturmiz)! Alaq surasi, 15-16-oyatlar

 

www.quran.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217175
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24613
  • 19073
  • 12843
  • 15819