Abu Lays Samarqandiy hayoti
24.4.2017 6780

 

                

    Yurtdoshimiz,    ulug‘    fakih    Abu  Lays   Samarqandiyning   to‘liq    ismi       Nasr     ibn  Muhammad    ibn   Ahmad    ibn     Ibrohim    Abullays   as-Samarqandiy    al-Hanafiydir.   Tafsir,   fiqh  usul,  aqida,  zuhd ilmlari  bo‘yicha  ko‘plab  asarlar  yaratgan  buyuk  alloma,  Samarqand shayxulislomi bo‘lgan.   U  yashagan   davrda   yurtimizda   lug‘at,   tafsir,  hadis, fiqh ilmlari rivojlangan.        Mana   shunday   ilmiy  muhitda    yashab ijod etgan alloma samarali meros  qoldirgan.

                Allomaning tug‘ilgan yili sifatida muarrixlar hijriy 301-310 yillar orasi va 911 milodiy yilni ko‘rsatadilar. Ul zotning kunyasi Abu Lays, ya’ni “Laysning otasi” degani. “Lays” lug‘atda “sher”, “arclon” degan ma’noni bildiradi. U zotning Lays degan farzandlari bo‘lganmi yoki "Abu Turob" singari majoziy laqabmi, noma’lum. Har holda kunya ekani aniq.

            Al­­ fakih   Imomul huda   Shayxul  Islom   unvonlari  bilan   ham   mashxurdirlar.              

         Unvonlaridan biri “al-faqih” bo‘lib, bu unvon bilan u jahonga tanilgan. Alloma fiqh ilmida yuksak martabaga erishgan, o‘z zamonasida unga teng keladigan olim topilmas edi.

              Abullaysning  o‘zi  ham “al-faqih” laqabini yaxshi ko‘rar edi. Chunki, rivoyatlarga qaraganda, “Tanbehul g‘ofilin” kitobini yozgan vaqtlarida bir kecha u kishining tushlariga Nabiy sollallohu alayhi vasallam kirib, yozgan kitoblarini tutqazib: “Yo faqih! Kitobingni ol!” deb aytadilar. Uyg‘onganlarida kitoblarida Payg‘ambarimiz muborak qo‘llarini, izlarini ko‘radilar. Shundan keyin “Faqih” degan nomni sevadilar va u tufayli ko‘p barokotlarga noil bo‘ladilar.

        Ikkinchi unvonlari “Imomul-huda”.  “Hak yo‘l imomi” manosidadir.  Bu unvonda hazrat  Imom  Abu   Mansural -Moturidiy  bilan  barobardir.

     U zot  Samarqand  shayxul  islomi  bo‘lganlari  uchun   Shayxul  Islom   degan   nom  bilan  ham  chakirilgan  .

       Abullaysning vafoti haqida ham muarrixlar turli sanalarni ko‘rsatadilar. Dovudiy o‘zining “Tabaqot al-Mufassirin” kitobida 393-hijriy yilning jumod as-soni oyining seshanba 11-kechasida vafot etgan, degan. “Javohir al-mo‘zi’a”  asarida 373-seshanba kechasida, “Kashf az-zunun” asarida 376, yoki 383, yoki 375-hijriy yilda vafot etgan deyiladi. Ya’ni, alloma 985 va 1003-milodiy yillar orasida vafot etgan. Manbalarda uning oilasi haqida hech narsa yozib qoldirilmagan.

            Abu Lays Samarqandiydan barakali ilmiy meros qoldi. Ilm, fan, adab borasida qirqdan ziyod kitoblar tasnif etdilar. Fiqh, usuli din, tib va falsafa ilmlarida shuhrat va martaba qozondilar.

        Abu Lays as-Samarqandiy ilmiy-ma’naviy merosidan uning tafsirlari “Bahr al-ulum” (“Ilmlar dengizi”) nomli tafsirlari  alohida ahamiyat kasb etadi. U tafsirida Qur’onga to‘liq - "Fotiha" surasidan "Nas" surasigacha sharh bergan. Olim Muhammad sollallohu alayhi vasallam, sahobiy kiromlar, tobiiynlarning 2000 dan ortiq rivoyatlarini jamlagan va ulardan unumli foydalangan. Shu bilan birga, u asarda arab tilshunos olimlari asarlaridan, o‘z ijtihod-ra’yidan ham istifoda etgan. Uning ra’yi ijtihodi Qur’onning tarbiyaviy jihatlarini yoritishda namoyon bo‘ladi. Shu sababli, ushbu asar Movarounnahrda yaratilgan mo‘’tabar tafsirlardan bo‘lib, keyingi ko‘plab asarlarga manba bo‘lib xizmat qilgan. Hozirdaushbu tafsirning 77 nusxasi mavjud, ular Berlin, Myunxen, Leyden, Iyerusalim, Tunis, Stambul, Sankt Peterburg, Toshkent fondlarida saqlanmoqda.

         “Bo‘ston al-orifin” (“Oriflar Bo‘stoni”). Bu odob axloq masalalariga oid asar bo‘lib,   unda ta’lim tarbiyaga oid juda ko‘p tarixiy   voqealar, hikoyalar va hadislar keltirilgan. Asar  159 bobdan iborat bo‘lib,   uning “Ilm o‘rganish”, “Salom berish”, “Aql haqida aytilgan narsalar”, “Odob”, “Ovqat yeyish  qoidalari”,  “Ichkilik”,  “Tabobat”,  “Kasb”,  “Ilm  va adab fazilatlari”   kabi   boblari   ayniqsadiqqatga   sazovordir.   “Bo‘ston   al-orifin” juda keng tarqalgan asar bo‘lib, uning bosma va qo‘lyozma nusxalari turli   mamlakatlarning   kutubxonalarida  saqlanmoqda.   1815   yili   yozib tugatilgan qo‘lyozma va 1814 yil yozilgan ikkinchi bir qo‘lyozma    nusxalari  Fanlar Akademiyasining  Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.

        “Tanbehul g‘ofilin” kitobi 91 bobdan iborat bo‘lib, bu boblarda ixlos bilan ibodat qilish, Allohning rahmatidan umid qilish, yaxshi ishlarga buyurish va yomon ishlardan qaytarish, tavba qilish, ota va onaning xaqqi va farzandning xaqqini ado qilish, qarindoshlik rishtalarini bog‘lash, silai rahm qilish, ko‘shnichilik haqkini ado qilish, arok ichishdan qaytarish, yolgondan qaytarish, g‘iybat qilishdan saklanish, chakimchilik va hasadning yomon oqibatlaridan ogoh qilish, dunyodan yuz o‘girish, mashaqqatlarga sabr qilish, namoz, tahorat, ro‘za, haj, sadaqa, masjid odoblari, oylarning fazilatlari, duolar va Qur’on fazilatlari, shukr, tavakkal, hayo va ilmli bo‘lishga   targ‘ib qiladigan   hadislar bayon qilingan. Shular qatorida qabr azobi, do‘zax azobi, kibr, g‘ururlanish, o‘lim shiddati, qiyomat qo‘rqinchi, til ofati, zino qilish, sudxo‘rlik haromdan xazar qilish, zulm qilishdan qaytaradigan va ogohlantiradigan hadislar majmuasidan iboratdir.

         Bizning jannat monand yurtimizdan yetishib chiqqan ulug‘ ajdodlarimiz bizga qoldirgan meroslarini chuqur o‘rganib, farzandalarimizni odobli va axloqli qilib tarbiyalashimizda muhim o‘rin tutadi. 

Muhammadxon Abdurahmonov

Namangan shahar “Mulla Ismoil”

jome masjidi imom-xatibi

 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217734
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24659
  • 19120
  • 12871
  • 15854