Odilxon qori Ismoilov xayriya tadbirida ishtirok etdi

7 Dek 2016 2554

Joriy yilning 6 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Sayohat” restoranida “O‘zaro yordam” mehribonlik jamiyati tashabbusi bilan “3 dekabr—“Xalqaro nogironlar kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilinganining 24 yiligiga bag‘ishlab “Qomusimiz – nomusimiz ham sharafu ham orimiz!” deb nomlangan xayriya bayram tadbiri o‘tkazildi. Unga Toshkent shahrining barcha tumanlaridan 250 nafar imkoniyati cheklangan yigit-qizlar taklif etildi. Xayriya tadbirini Toshkent shahar Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi, “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Odilxon qori Ismoilov kirish so‘zi bilan ochdi. Qiziqarli muloqot davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berdi. 
    Shundan so‘ng imkoniyat cheklangan yigit qizlar tomonidan tayyorlangan Vatanni, ozodlik va tichlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, turli raqs va sahna ko‘rinishlari o‘rin olgan badiiy qism namoyish etildi. Shuningdek, tadbir doirasida imkoniyati cheklanganlarning o‘z qo‘l mehnati bilan yaratgan turli xil buyumlari, ko‘rkam hunarmandchilik namunalari va sovg‘abop mahsulotlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi. 
    “Ko‘rgazmaga qo‘yilgan bir-biridan go‘zal, ko‘rkam va chiroyli buyumlarni tomosha qilib, buning ayrimlarini xatto yetti muchasi sog‘ odam ham qila olmaydi, deb o‘ylab qolasiz. Zero, qo‘l mehnati insondan katt sabr-toqantni talab qiladi. Va chindan sabr-toqat va iroda borasida bu yigit-qizlarimiz barchaga ibrat, barchaga namuna. Bunday katta yurak va kuchli initilish bilan har ne orzuga erishish mumkinligini bugungi tadbir misolida ham ko‘rish mumkin”, deydi Odilxon qori Ismoilov. 
    Xayriya tadbiri davomida bayram dasturxoniga o‘zbekning shohona taomi osh tortildi. “Shayx Zayniddin” jome masjidi xomiylarni jalb qilingan holda xayriyaga o‘z hissasini qo‘shdi.

 

 

Shayx Zayniddin jome masjidi matbuot xizmati

 
 


So'ragan edingiz?

Savol bering
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217114
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24608
  • 19067
  • 12838
  • 15810