Odilxon Ismoilov Yekaterinburgdagi Sabr masjidida juma namozini ado etdi

27 Noy 2016 1893

    Joriy yilning 24 noyabr kuni O‘zbekistonlik imomlar guruhi Rossiyaning Yekaterinburg shahriga jo‘nab ketishgani haqida xabar bergan edik. Imomlar guruhi mazkur tashrif doirasidagi belgilangan tadbir va uchrashuvlarda ishtirok etishmoqda.
   Jumladan, Toshkent shahar Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi, “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Odilxon Ismoilov Pervыy Uraldagi Sabr jome masjidida juma namozini ado etdi. Namoz avvalida imom-xatib mav’iza qildi.
    Muborak Juma namozidan so‘ng mazkur masjidda namozxonlar bilan suhbat tashkil etildi. Xususan, sof Islom dini ta’limoti, din niqobi ostidagi buzg‘unchi kimsalarning faoliyati, yurtimizda musulmonlar uchun yaratilayotgan shart - sharoitlar va e’tibor, internet tarmog‘idan foydalanishda mo‘min - musulmonlarning odobi kabi mavzularda batafsil fikr almashildi.
     Unda qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga Odilxon Ismoilov atroflicha javob qaytardi. Imomlarimiz safari davom etmoqda.



Shayx Zayniddin jome masjidi mutbuot xizmati

 
 


So'ragan edingiz?

Savol bering
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217295
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24623
  • 19083
  • 12847
  • 15826