Shayx Zayniddin jome masjidida Qurbon hayiti namozi o‘qildi
12.9.2016 4348

    Yurtimizning barcha joylarida bo‘lgani kabi poytaxtimizdagi Shayx Zayniddin jome masjidi ham uzoq-yaqindan kelgan namozxonlar bilan to‘la bo‘ldi. Hayit namozi avvalida Shayx Zayniddin jome masjidi imom noibi Alisher Mirzayev qutlug‘ bayramning fayzu barakoti, yurtimizdagi e’tiqod erkinligi va milliy qadryatlariga berilayotgan e’tibor, eng bebaho ne’mat sanalmish tinchlik va osoyishtalikning qadri va fazli, ne’matlarni asrab-avaylash xususida amru ma’ruf qildi.
    Shundan so‘ng, minglab musulmonlar Qurbon hayitini namozi ado etishdi. Duoga qo‘l ochgan mo‘minlar jamoasi bugungi nurafshon va osoyishta kunlar uchun shukronalik bildirishdi, aziz Ona yurtimiz, jannatmonand Vatanmiz va qalbi e’zgulikka to‘la xalqimiz haqqiga duoi xayrlar qilishdi.
    Namozdan so‘ng, barcha yurtdoshlarimiz qutlug‘ bayram bilan bir-birlarini muborakbod etishdi. Ayyom muborak bo‘lsin, azizlar!


Shayx Zayniddin jome masjidi matbuot xizmati

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217024
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24596
  • 19060
  • 12830
  • 15801