Ассалому алейкум
Mavzu:

Dam soldirish hukmi qanday? 15.07.2017

Savol:

Assalomu alaykum. Domlaga borib, o‘zini o‘qitish kabi ishlarga shariatimizda qanday qaraladi? Bu shirk hisoblanmaydimi?

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
10221
Javob:

    Va alaykum assalom. Shariatimizda dam soldirish joiz. Faqat bu shariat belgilab bergan chegarada bo‘lishi kerak. Ya’ni, Qur’oni karim oyatlari va sahih hadislar lafzlari bilan arab tilida dam solish, solinayotgan dam faqat Alloh izni bilangina bandaga foyda keltiradi, degan e’tiqodda bo‘lish kabi shartlar mavjud.

   Arabchani to‘g‘ri o‘qiy oladigan, ilmli, yetarli tajribaga ega mo‘min banda dam solishi mumkin. Dam soldirish uchun domlaga – masjid imomiga borish shart emas. Ammo, kishining o‘zi arabchani bilmasa, Qur’on o‘qiy olmasa, ishonchli, bid’at-xurofotlardan uzoq, ilm va taqvo yo‘lini tutgan imom yoki boshqa olimlarga dam soldirish joiz. Shuni unutmaylik, mo‘min-musulmon banda uchun jinlar bilan hamkorlik qiluvchi folbin va arroflar huzuriga borish qat’iyan mumkin emas. Afsuski, mana shunday ko‘zbo‘yamachilar huzuriga dam soldirishga boruvchilar kam emas oramizda. Dam shariatga muvofiq holda solinmasa, oraga bid’at-xurofot va shirk amallar qo‘shilsa, buning zarari katta bo‘ladi. Shu sabab dam soldirish masalasida o‘ta ehtiyotkor bo‘lish lozim.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217537
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Dam soldirish hukmi qanday? 15.07.2017

Assalomu alaykum. Domlaga borib, ozini oqitish kabi ishlarga shariatimizda qanday qaraladi? Bu shirk hisoblanmaydimi?

10221