Ассалому алейкум
Mavzu:

Farzni inkor etish hukmi qanday? 10.03.2017

Savol:

     Assalomu alaykum. Bir savol meni o‘ylantiradi: Farzni inkor etish yoki unga qarshi chiqish xukmi qanday?

Bo`lim Fiqh
4806
Javob:

   Va alaykum assalom. “Farz” so‘zi lug‘atda “qat’iyat”, “burch, mas’uliyat, majburiyat”, “talab”, belgilash, aniqlash”, shart”, muddat, fursat, vaqt”, “qiroat”, “hadya, sovg‘a” kabi ma’nolarni anglatadi. Bu so‘zning boshqa ma’nolari ham bor. Shar’iy istilohda, qilinishi qat’iy dalil bilan talab etilgan amal farzdir. Bir so‘z bilan aytganda, farz har bir mo‘min-musulmon bajarishi lozim vazifa va topshiriqlardir.
    Farzni bajargan odam ulkan savobga erishadi, tark qilgan katta gunohga botadi. Farzni inkor etish kufr hisoblanadi. Masalan, kunda besh vaqt namoz o‘qish yoki Ramazon ro‘zasini tutish farz emas, deyish bilan banda imonidan ayriladi, Alloh asrasin!

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217072
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Farzni inkor etish hukmi qanday? 10.03.2017

Assalomu alaykum. Bir savol meni oylantiradi: Farzni inkor etish yoki unga qarshi chiqish xukmi qanday?

4806