Islom go‘zalligi

O‘ziga aloqasi bo‘lmagan narsalar bilan shug‘ullanmaslik kishining Islomi go‘zalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis).

 

Izoh: Ushbu hadisi sharif qisqa va lo‘nda bo‘lishiga qaramasdan ko‘p va xo‘b ma’nolarni o‘z ichiga olgan sermazmun hadislar sirasiga kiradi. Unda Nabiy alayhissalom kishining dinu diyonatini komil qilib, musulmonchiligini go‘zallashtiradigan hamda amallariga salohiyat bag‘ishlaydigan narsaga irshod qilmoqdalar. U ham bo‘lsa, o‘ziga dunyoyu oxiratda foydali bo‘lgan ishlarga haris bo‘lib, befoyda va o‘ziga hech qanday aloqasi bo‘lmagan narsalar bilan shug‘ullanishni tark etmoqdir. Demak, mo‘min kishi turli-tuman bekorchi narsalar, birovlarning hayotiy va shaxsiy ishlariga aralashish, g‘iybat, ig‘vo hamda chaqimchilik kabi o‘ziga aloqasi yo‘q ishlar bilan qimmatli vaqtini o‘tkazmasligi, balki, ulardan saqlanishi lozim. Uning o‘rniga o‘zini Parvardigorga yaqinlashtiradigan solih amallar, toat-ibodat, ota-ona va qarindoshlarga yaxshilik qilish, ilm olish, o‘z ma’naviy boyligini oshirish va boshqa ezgu ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmog‘i kishining musulmonchiligi va dinu diyonati naqadar chiroyli ekanligining alomati ekan. 


Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217028
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24596
  • 19060
  • 12830
  • 15801