Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Axborot xizmati
Xabaringiz bor, respublikamizning har bir hududida, olis qishloq va mahallalarda mehr-muruvvat tadbirlari keng miqyosda davom ettirilmoqda. Ko‘makka muhtoj, kam ta’minlangan xonadonlarga tashrif uyushtirilib, muammolar o‘rganilmoqda, odamlarni o‘ylantirib kelayotgan masalalar o‘z vaqtida hal etilib, moddiy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Jizzax viloyati hokimligining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha kotibiyati, O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi tomonidan tuman va shaharlar markazidan olis hududda istiqomat qiluvchi xonadonlar borib o‘rganildi. Jizzax viloyati hokimligi joylarda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Xususan, G‘allaorol va Zarbdor tumanidagi ana shunday xonadonlarga zamonaviy tikuv mashinalari, oziq-ovqat mahsulotlari hadya qilindi.
«Eng muhimi, odamlar doimiy e’tiborda ekanligini his etmoqda, ertangi kunga ishonchi tobora ortib bormoqda», deydi Jizzax viloyati bosh imom-xatibi Mehmonali Jabborov. «Saxovat ko‘rsatish, odamlar og‘irini yengil qilish muqaddas dinimiz ko‘rsatmasi. Kim bu tartibni hayotining shiori qilib olsa, Alloh taoloning rizoligini topadi. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda Nabiy (a.s.) shunday marhamat qilganlar: «Kim biror mo‘mindan dunyo qiyinchiliklaridan birini aritsa, Alloh undan oxirat mashaqqatlaridan birini aritadi».
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Axborot xizmati
Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…
Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …
Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…
أَدَبُ الْمَرْءِ خَيْرٌ مِنْ ذَهَبِهِ Kishi odobi uning oltinidan yaxshiroqdir. Ozbek tilidagi muqobil shakllari: Odo…