Shayx Zayniddin jome masjidida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
19.8.2017 4514

   Joriy yilning 27 iyun e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, yurtimizning barcha hududlarida eng ulug‘, eng aziz ayyom — Mustaqilligimizning yigirma olti yillik tantanalarini «Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» shiori ostida munosib kutib olish va nishonlashga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 avgustdagi farmoyishiga binoan, joriy yilning avgust oyi O‘zbekistonda obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 19—20 avgust—umumxalq xayriya hashari kunlari, deb e’lon qilindi.
   Shu asosda O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2017 yil 18-avgust kunidagi 02/ShT 410-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Mazkur buyruqqa binoan Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Shayx Zayniddin jome masjidida ham umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
Bosh imom-xatib Odilxon qori Ismoilov boshchiligidagi masjid jamoasi ushbu ozodalik tadbirida faol ishtirok etdi. Xonaqo, kirish yo‘laklari, ayvonlari, tahoratxonalari tozalandi. Masjidning hovlisida mavjud yerlar chopildi va masjidga tutash bo‘lgan ko‘chalar, qabristonlar tozalandi, daraxt shohlari tartibga keltirildi, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Shayx Zayniddin jome masjidi Axborot xizmati

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217072
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24598
  • 19064
  • 12832
  • 15802