“Mustaqillik yillarida vijdon va e’tiqod erkinligi sohasida erishilgan yutuqlar” mavzusida matbuot anjumani
16.8.2017 4364

Joriy yilning 15 avgust kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida respublikamizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga bag‘ishlangan “Mustaqillik yillarida vijdon va e’tiqod erkinligi sohasida erishilgan yutuqlar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, diniy konfessiya rahbarlari, OAV va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mustaqillik yillarida O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlash va fuqarolarning e’tiqodiy ehtiyojlarini to‘la-to‘kis qondirish borasida olib borilayotgan siyosatning mohiyat-mazmuni va huquqiy asoslari, so‘nggi yillarda diniy ta’lim tizimini rivojlantirish, muqaddas haj amallari va umra ziyoratlarini tashkil etishni yanada takomillashtirish, boy merosimizni ilmiy asosda har tomonlama chuqur o‘rganish, yurtimizda yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy-ijodiy foliyati bilan keng jamoatchilikni tanishtirish, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yo‘lga qo‘yish borasida olib borilayotgan sermahsul ishlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Anjumanda diniy sohada olib borilayotgan islohotlarning uzviy davomi sifatida so‘nggi davrda islom dining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftihor ruhida tarbiyalash, O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar merosini o‘rganish, islom ta’limotining turli yo‘nalishlarida chuqur ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil etish borasida salmoqli ishlar olib borilayotgani e’tirof etildi.

Muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom madaniyati markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Termiz shahrida Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent shahrida O‘zbekistondagi islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etilish yuqoridagi ezgu maqsadlarga, shuningdek, ma’naviyatimizni yanada yuksaltirish, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, ijtimoiy barqarorlik, o‘zaro ahillik va totuvlikning kuchayishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Anjuman so‘ngida erkin savol-javoblar bo‘ldi. Unda ommaviy axbarot vakillari va anjuman ishtirokchilari, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.  

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217071
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24598
  • 19064
  • 12832
  • 15802