Konkord shahrida ilk masjid bunyod bo‘ldi
10.3.2018 2924

Amerikaning Konkord shahri musulmonlari endi o‘z masjdilariga egalar. Shaharning musulmon tashkilotlari tashabbusi bilan shaharchadagi tashlandiq bosmaxona masjid binosiga aylantirildi va namozxonlarga topshirildi.

Katta Konkord Islom jamiyati ushbu bosmaxona binosini o‘tgan yilning noyabr oyida olib, u yerni masjidga aylantirishni rejalashtirgan edi. Lekin, qog‘ozbozlik va yuridik muammolar sabab bu ish cho‘zilib ketdi.

Bosmaxona binosi besh yildan beri qarovsiz yotardi. Mana ikki xafta avval mahalliy musulmonlar bu yerni qayta ta’mirladilar, yerlarga gilamlar to‘shab go‘zal ibodat maskaniga aylantirdilar.

“Biz go‘yoki butun umr ijarada yashab kelganmizu, mana bugun o‘z xususiy uyimizga ega bo‘lgan odam kabi baxtlimiz”, deydi Islom jamiyati rahbari Xubert Mesk.

Endilikda masjidga keluvchilar yana 200 ming AQSh dollarini yig‘ib, yaqinlarida joylashgan tashlandiq binolarni sotib olish va u yerda namozxonlar uchun avtomobil to‘xtash joyini tashkil qilish bilan bandlar.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217075
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24598
  • 19064
  • 12832
  • 15802