Islom birdamlik va hamjihatlik dinidir
20.4.2017 4269




   Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yuborilgan jamiyat tarqoq, xudbin va irqchilikka berilgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zimmalariga o‘sha jamiyatni ahil va inoq jamiyatga aylantirishdek og‘ir mas’uliyat topshirilgan edi. Barcha ishni mukammal bajarganlaridek, bu og‘ir mas’uliyatni ham uzot sollallohu alayhi vasallam chiroyli va eng mukammal tarzda ado qildilar. Hatto qarib bir asrdan buyon urushib kelayotgan Avs va Xazraj qabilalari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam olib kelgan hidoyat sababli orasidan qil ham o‘tmaydigan inoq qabilaga aylandi.

 

   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonlarni birlashtirish uchun: «Jamoat namozi yolg‘iz o‘qilgan namozdan yigirma yetti daraja afzaldir», dedilar. Zero, bejiz “Mehr ko‘zda”, deyilmagan.

 

   Agar sahobalardan birortasi bir necha kun namozda ko‘rinmasa, undan borib hol ahvol so‘rar edilar. Sahobalarni ham bir-biridan xabar olib turishi va birga bo‘lishi uchun: «Allohning barakasi jamoat bilan birga», dedilar.

 

   Jamiyatning kichik bo‘g‘ini hisoblangan, oilada tarqoqlik va ixtilof bo‘lmasligi uchun: «Qaysi ayol erining to‘shagini tark qilib(arazlagan holda alohida yotsa), uni farishtalar tong otguncha la’natlab chiqurlar», dedilar. Boshqa bir hadisda ayollarni erlarini rozi qilishga chaqirib: «Qay bir xotin o‘lsa-yu, eri undan rozi bo‘lsa, u jannatga kiradi», dedilar.

 

   O‘z navbatida Erkaklar o‘z ayollarini e’zozlashi va hurmat ko‘rsatishi uchun ularga: «Ayollarga doimo yaxshilik qiling! Ular sizning huzuringizda omonandirlar», dedilar. Boshqa bir hadisda: «Sizlarning eng yaxshilaringiz ahliga yaxshilik qiladiganlaringizdir. Men sizlarning orangizda o‘z ahliga yaxshilik qiladiganlarning eng yaxshisiman», dedilar. Bolalar o‘rtasida adolat qilmaslik ham oilada kelishmovchilikni keltirib chiqaruvchi omillardan biri hisoblanadi. Bu muammoni hal qilish uchun hikmat egasi bo‘lgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Allohga taqvo qilinglar va farzandlaringiz orasida adolatli bo‘linglar», deganlar. Boshqa bir rivoyatda: «Sovg‘a berish borasida farzandlaringiz orasida adolatli bo‘linglar», deganlar.

 

   Zero, oilaning inoqligi jamiyatning inoqligi va hamjihatligini taminlovchi asosiy omil hisoblanadi.
Ikki musulmon arazlashib qolsa va buning oldi olinmasa, bunaqa arazlashuvchilarning soni ko‘payadi. Natijada jamiyatdagi hamjihatlik yo‘qoladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buning oldini olish maqsadida: «Musulmon uchun o‘z birodari bilan uch kundan ortiq arazlashish mumkin emas», dedilar.

 

O‘zaro arazlashib qolganlarni yarashtirish maqsadida: «Birinchi salom bergan kishi Allohga yaqinroq bo‘ladi», dedilar.

 

   Ikki musulmon o‘rtasida urush chiqish ehtimoli bor o‘rinda, o‘zining fikri garchi to‘g‘ri bo‘lsada, oralarida kelishmovchilik tug‘ulmasligi uchun o‘rtog‘iga: «Seniki to‘g‘ri», desa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelishmovchilikni oldini olgan odamga jannatning o‘rtasidan joy berilishini va’da qildilar.

 

   Jamiyatda birovning boshiga kulfat yoki musibat tushganda, boshqalar unga beparvo bo‘lmasligi uchun: «Kim bir mo‘mindan bu dunyo mashaqqatlaridan bir mashaqqatni aritsa, Alloh taolo undan qiyomat kuni mashaqqatlaridan birini aritadi. Kim bir kambag‘alning ishini yengillatsa, Alloh uning bu dunyoyu oxirat ishlarini yengillatadi. Modomiki, banda o‘z birodarining yordamida ekan, Alloh ham uning yordamida bo‘ladi», deganlar. Va musulmonlarni bir-biriga ahil va inoqligini: «Mo‘minlar o‘zaro bir-biriga mehr – muruvvat ko‘rsatish borasida bir jasadga o‘xshaydi. Jasaddagi bir a’zo dardga jalinib qolsa, undagi boshqa barcha a’zolar tongacha isitmalab uxlamasdan unga sherik bo‘lib chiqqadi(mo‘minlar ham o‘zaro manashunday bo‘ladi)», deb ifodalaganlar.

 

   Jamiyatdagi hamjihatlikni ketqazuvchi va toifalikni keltirib chiqaruvchi katta illatlardan biri bu urug‘chilik hisoblanadi. Olamlarga rahmat bo‘lgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu illatni ham davolab: «Ogoh bo‘ling! Arabni ajamdan, ajamni arabdan, oqni qoradan, qorani oqdan ustun jo‘yi yo‘q. Ustunlik faqat taqvo bilan bo‘ladi», dedilar.


   Shunday qilib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining go‘zal irshodlari bilan oz muddat ichida ahil, inoq, bir-biriga mehribon, begonalarni g‘amini o‘ylaydigan, odamlarni qiyinchiligini yengillatadigan, xudbinlikdan yiroq bo‘lgan bir jamiyatni shakillantirdilar.

 

   Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217074
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24598
  • 19064
  • 12832
  • 15802