Yer sharining quruqliklari kamayishi Qur’onida nozil bo‘lgan
20.12.2016 6232

   Yer atmosferasining tashqi qatlami ko‘pgina gazlarning, avvalo, kislorodning o‘zaro aralashmasidan iborat. Ammo bu gazlarning bir qismi Quyoshda yuz berib turgan energetik portlashlar natijasida butun koinot bo‘ylab tarqalib ketgan.Astrofiziklar bu ma’lumotga ilk bor AQShning NASA kosmik agentligining loyihalaridan biri sababli ega bo‘ldilar. 
   Yer atmosferasining tashqi qatlamlaridagi gazlarning kamayib borayotganligi ilk bor 1998 yilning 24-25 sentyabr kunlari aniqlandi. Milodning 611 yilidan boshlab nozil bo‘la boshlagan Qur’oni Karimda mana shu ilmiy haqiqat haqida bir necha oyatlar mavjud. 


"...Biz ularning yerlariga kelib uni atrofidan kamaytirganimizni ko‘rmaydilarmi?" (Ra’d surasi, 41-oyat) 


"...Axir ular Biz yerni atrofidan kamaytirib kelayotganimizni ko‘rmaydilarmi?!"  (Anbiyo surasi, 44-oyat) 

      Ko‘rinib turibdiki, oyatlarda Yer sharidagi quruqlik maydonining ham torayib borayotganligi haqida aytilgan. Ikki qutbdagi abadiy muzliklarning erib borayotganligi ummon suvlarining sathini butun dunyo miqyosida asta-sekin ko‘tarilib borishiga sabab bo‘lmoqda. Suv sathi ko‘tarilib borgan sari, qirg‘oq hududlari suv ostida qolib, natijada qit’alarning maydoni kamayib bormoqda. Ehtimol, oyati karimalardagi “atrofidan kamaytirib, qisqartirib” degan ibora sayyoramizda quruqlikning tobora ko‘tarilib borayotgan ummon suvlari ostida qolib, kamayib borayotganligiga ishora qilgandir. Alloh Taolo bilguvchiroqdir.

 

 

Manba: www.quran.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217045
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24597
  • 19062
  • 12832
  • 15802