Dardmand ayolga yordam bering!
Odamni g‘am bukadi, deyishadi. Men ketma-ket uch nafar yaqinimdan ayrilgach, ham ruhiy-jismoniy, ham moddiy muammolar girdobida qoldim. Ismim Gulzuhra. To‘rt nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazdim. Avval sog‘iligim joyida ekanida zavodda ishlardim, keyinchalik muammoim sabab, bo‘shadim. Ketma-ket (2006-2007 yillar) boshimga og‘ir musibat tushdi. Dastlab, turmush o‘rtog‘im to‘satdan vafot etdi.
Bu judolikdan hech qancha vaqt o‘tmay, 22 yoshli qizim va 17 yoshli o‘g‘lim avtohalokatga uchrab, vafot etdi. Bundan qattiq azob chekdim, hastalanib qoldim. Hech kimning boshiga bunday savdolar tushmasin deyman. Xozir qaramog‘imda marhum qizimning qizi va o‘zimning kenja qizim bor. Hech qayerda ishlamayman, chunki sog‘ligim ko‘tarmaydi.
Agar imkoningiz bo‘lsa, mendan moddiy yordamingizni ayamang! Alloh barcha sahovatli insonlarning ishini barakali qilsin!
Murojaat uchun: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Uyg‘ur ko‘chasi 245-uy. Telefon: 249 11 86. Mob: 966 06 08
Gulzuhra Nosir qizi.