Jannat rayhonlariga mehr - muruvvat!
13.7.2015 7428

 

         Muqaddas dinimiz Islomda jamiyatning har bir a’zosiga alohida e’tibor bilan munosabatda bo‘linadi. Zero, xoh kichik, xoh katta bo‘lsin, har bir inson hurmat - ehtiromga loyiqdir. Jumladan mehr - muruvvatga muhtoj yetim bolalar ham.

       

Afsuski, oramizda ota - onasi vafot etib ketgan haqiqiy yetimlar bilan bir qatorda tirik yetimlar ham yetarlicha topiladi. Ularning ota - onasi ma’lum sabablarga ko‘ra o‘z farzandlarini tashlab ketganlar. Biroq unutmaslik kerakki, ular oxiratda buning javobini beradilar, farzandlaridan nima sabab tonganlari, nima uchun ularga mehr - muruvvat ko‘rsatmaganlari haqida so‘roqqa tutiladilar.

    

Dinimiz Islomda yetim-yesirlarga alohida g‘amxo‘rlik qilish, ularning boshini silash, yetimning haqqini yemaslik lozimligi bot-bot ta’kidlanadi. Jumladan, Alloh taolo An’om surasining 152 - oyatida shunday degan: “Yetimning moliga to u voyaga yetgunicha eng chiroyli yo‘llar bilangina yaqinlashing!” Ushbu oyatda yetimga valiy bo‘lgan kishilarga qarata: yetimning molini zoye qilmanglar, uni yaxshilik yo‘li bilan tasarruf qilinglar, uning molini ko‘paytirib, yetimning tarbiyasi, ta’limi va taom-libosi uchun sarflanglar! – deb ta’kidlanmoqda.

               

Bu borada davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq. Ayniqsa, qator  tashkilotlarning  xamkorlikda tashkil etilayotgan xayriya tadbirlarining o‘tkazilishi yuksak ahamiyatga ega.

     

Shu yilning 10 iyul sanasida, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Qizilsuv qishlog‘ida joylashgan "Mehribonlik" sog‘lomlashtirish oromgohida "Xalq ta’limi vazirligi", "UZINFOCOM" markazi "ZiyoNET" bo‘limi, "Muxlis.uz" va Hozirchashu.com sayti hamda "Sog`inch Sadosi" onlayn radiosi hamkorligida "Bolalarga bering dunyoni bir kun" shiori ostida xayriya tadbiri tashkil etildi.

                 

Mazkur tadbirda estradamizning bir qator yulduzlari ishtirok etishdi. Xususan, Dilso‘z, Mohim, Shaxzod Murodov, Mirjon Ashrapov, AliBobo, Saida, Daler, Zamira Beshimova hamda Shaxruz Rustamovlar o‘zlarining  chiqishlari bilan bolajonlarga bir olam quvonch ulashdi. Bolajonlarga tadbir davomida homiylar tomonidan ta’sis etilgan sovg‘alar ulashildi. Kecha ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

                 

“Shayx Zayniddin” jome masjidi matbuot xizmati

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216792
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24574
  • 19036
  • 12811
  • 15779