Ramazon Qur’on oyidir
13.7.2015 5584

 

          Ramazon Qur’on oyidir. Bu qutlug‘ oyda Qur’oni Karim nozil bo‘lgan. Nabiy alayhissalom bu oyning har kechasida Jabroil alayhissalom bilan birgalikda Qur’oni karimni takrorlab, mustahkamlab olardilar. Vafot topadigan yillarida esa Allohning kitobini bu ulug‘ farishta nazoratlaridan ikki marta o‘tkazib olganlar. U zot Ramazon oyida Qur’on tilovatini kuchaytirib, tungi namozdagi qiroatlarni uzaytirar edilar. Nabiy sollallohu alayhi va sallamning yo‘llarini mahkam ushlagan salafi solihlarimiz bu oyda Qur’onni bir necha bor xatm qilib chiqishardi. Ulardan ayrimlari xatmni har besh kunda tugatsalar, boshqalari uch kunda xatm qilardilar.

   

Xabaringiz bor ayni kunlarda mamlakatimizdagr ko‘plab jome masjidlarida Qur’oni Karim xatm qilinmoqda. Poytaxtimizdagi “Shayx Zayniddin” jome masjidida ham 17 iyun sanasidan taroveh namozlari boshlanib, unda Qur’oni Karim tilovat qilinmoqda. Yaratganga shukrlar bo‘lsin, shu kunga qadar Hasan qori va Nasrulloh qorilar Qur’oni Karimning 28 juzini tilovat qilib bo‘lishdi. Jome masjidda Qur’oni Karim 7 iyul, ya’ni ertaga xatm qilinishi rejalashtirilgan. Duolar ijobat bo‘ladigan onlar, ulug‘ lahzalardan bahramand bo‘ling!

 

 “Shayx Zayniddin” jome masjidi matbuot xizmati 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216292
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24549
  • 19002
  • 12791
  • 15755