Qurbon hayiti oldidan hashar
20.9.2015 5868

    Avval xabar berganimizdek, joriy yil 19 sentyabr kuni “Shayx Zayniddin” jome masjidida Prezidentimizning “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida” gi qarori yuzasidan O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi. Unda Qurbon hayiti bayramini kutib olish bo‘yicha qator tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Xususan, masjid va unga tutash ko‘chalarda obodlashtirish ishlarini olib borish, qabristonlarda hashar uyushtirish, masjidlarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralarni texnik nazoratdan o‘tkazish kabi qator vazifalar qayd etildi.
    Bugun erta tongdan “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom - xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li boshchiligida masjid va uning atrofida hashar uyushtirildi. Mazkur xasharda uyushqoqlik bilan ishtirok etgan masjid xodimlari masjid xonaqohlari, tahoratxonalar, hovli sahni tozalanib, oynalar artildi. Gulzor va ekinzor maydonlari tartibga keltirildi. Masjid atrofidagi ko‘cha va ariqlar tozalanib, chiqindilar olib tashlandi. Masjiddagi nosozliklar bartaraf etildi. Masjid jihozlari sozlanib, ehson qutilari bo‘yaldi. Kuzatuv kameralari nazoratdan o‘tkazildi. Qurbon hayiti bayramiga bag‘ishlangan banner ilindi.
    Qurbon hayiti bayrami arafasida masjid tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan hamkorlikda mehnat faxriylari, yoshi ulug‘ keksalar, kam ta’minlangan, yordamga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan va imkoniyati cheklangan oilalar holidan xabar olinib, moddiy xayriya yordamlarini ko‘rsatish, bayram bilan qutlab sovg‘a-salomlar ulashish kabi savobli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

"Shayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216404
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24553
  • 19012
  • 12794
  • 15758